24 fev 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Rayan Garsiya Mario Barriosdan ikki barobar ko'proq gonorar oldi
Kuni kecha chempionlik maqomida Rayan Garsiyaga qarshi ringga ko'tarilgan Mario Barrios raqibidan ikki barobar kam gonorar olibdi.
Sportysalaries malumotiga ko'ra, Garsiyaning kafolatlangan gonorari 10 million dollarni tashkil etgan. Pullik translyaciyalar sotuvidan tushgan ulushni hisobga olsa, bu raqam 20 million dollargacha o'sishi mumkin.
Mario Barrios esa kafolatlangan 5 million dollarga ega bo'ldi. PPV sotuvi natijalarini hisoblab chiqqandan keyin taxminan yana shuncha olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Garsiya hakamlarning yakdil qarori bilan Barriosni mag'lub etib, undan yarim o'rta vazn toifasidagi WBC chempionlik kamarini tortib olgan edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar