24 fev 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Rayan Garsiya: "SHakur Stivenson men bilan jangda bunday erkin bo'la olmaydi"
WBC yo'nalishida yarim o'rta vazn (66,7 kg gacha) chempioni Rayan Garsiya to'rt vazn toifasida mag'lubiyatsiz chempion bo'lgan SHakur Stivenson bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Men hamma narsaga ochiqman. Men SHakur bilan havaskorlar o'rtasida jang qilganman va o'shanda g'alaba unga berilgan. Ammo men o'zimni g'olib deb hisoblayman. O'sha paytda Amerika boksida siyosat boshqacha edi. Ichimda og'ir his qolgan va men hech ikkilanmay revanshga rozi bo'laman.
SHakur biladi — u men bilan jangda erkin aylanib yura olmaydi. U menga sen unchalik katta emassan degan. Men esa: “Birodar, sen mening gavdamdan qo'rqdingmi?” dedim. Bu aql bovar qilmas holat. Odamlar bu haqda tashvishlanayotgani yaxshi. Ammo hajm jangni yutib bermaydi", — dedi Garsiya matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar