09 iyu 12:22
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA
Razambek Jamalov RAF Ligasidagi debyut jangiga amaldagi UFC chempioni bilan birga tayyorgarlik ko'ryapti (VIDEO)
Avval xabar berganimizdek, erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Razambek Jamalov Real American Freestyle musobaqalarida ishtirok etadi.
U o'tgan haftada mazkur Liga bilan kelishuvga erishdi. Hozircha Jamalovning debyut jangi bo'yicha malumot berilmagan.
Hozirda Razambek yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, iyun oyi avvalida yana bir o'zbekistonlik erkin kurashchi — Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov ham RAF bilan shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar