10 fev 13:08
Yangiliklar
Sport kurashlari
![](/upload/storage/322336_220.jpg)
Razambek Jamalov Xamzat CHimaev va Abubakar Vagaev bilan uchrashdi + FOTO
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Razambek Jamalov Rossiya Federaciyasining Krasnodar shahrida bo'ldi.
26 yoshli sportchi 8 fevral kuni Krasnodardagi Basket Hall majmuasida tashkil etilgan MMA bo'yicha ACA 183 turnirida ham faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
Musobaqa davomida Razambek mashhur UFC jangchisi Xamzat CHimaev va o'sha kuni turnirning markaziy jangi doirasida Albert Tyumenovni mag'lub etgan Abubakar Vagaev bilan ko'rishdi.
Jamalov Xamzat CHimaev bilan o'tgan yilning kuzida Dubayda ham uchrashib, do'stona kurash tushishgan edi. Quyidagi suratda ham Razambek "Bizni kurash bog'lab turadi", deya izohlagan.
Havola :
Manba : instagram.com/zhamalov_razambek
Fikrlar