29 sen 12:48
Yangiliklar

"Real" xavbeki klub bilan shartnomasini uzaytiradi
Tomonlar amalda kelishuvga erishgan.
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga klub bilan shartnomasini uzaytirishiga oz qoldi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Tomonlar futbolchining maoshi oshirilgan holatda yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Futbolchi uchun yirik tovon puli belgilanadi, bu esa "qaymoqranglilar"ning fikricha, uni transfer haqidagi mish-mishlardan himoya qiladi.
Kamavinga 2021 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. 20 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta o'yin o'tkazib, birorta ham gol ura olmadi. Franciyalik futbolchining "blankos" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar