19 apr 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Referi Sterling - Yan jangi natijasi bo'yicha fikrini o'zgartirdi
Taniqli hakam Jon Makkarti Aljemeyn Sterling va Petr Yan o'rtasidagi jang bo'yicha fikrini o'zgartirganini malum qildi.
Avvalroq, referi Rossiya vakilini jangda g'olib deb hisoblashini aytgan edi, bu esa o'z o'rnida Sterlingning agressiyasiga sabab bo'lib, sobiq hakamni haqoratlashiga olib kelgandi.
"Sterling - Yan jangining ilk raundini qayta ko'rib chiqdim. Qanday xulosa qilishim mumkin? Jangni tomosha qilayotganda do'stlaringiz bilan suhbatlashmang.
Gap shundaki, birinchi raund davom etayotganda, do'stlarim bilan suhbatlashib, xolis baho bera olmadim. Raundni hakam sifatida qayta tomosha qilganimda, birinchi raund juda yaqin bo'lganini, shu tarzda yoki boshqachasiga berilishini tushundim", - dedi Makkarti WEIGHING IN You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar