17 dek 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
"Rejalar bor, faqat "xayp" uchun". Carukyan boksda debyut qilish istagini bildirdi
UFC'ning engil vazn toifasi reyting peshqadami Arman Carukyan professional boksda o'zini sinab ko'rish istagi haqida gapirdi.
"Albatta, rejalar bor. MMAda hali ishim ko'p. Kamida UFC chempioni maqomiga erishish va kamarimni himoya qilishni xohlayman. Keyin esa faqat "xayp", daromad uchun, albatta, biror blogerga qarshi boksda o'zimni sinab ko'rish istagi bor. Kim biladi. Nurlan Saburov, Mixail Litvin, Jeyk va Logan Pol bor. Men boksni taxminan 10 yildan keyin sinab ko'rgan bo'lardim", — deya Carukyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar