10 okt 10:20
Yangiliklar

Renato Moykano: "Merab Xabibdan yaxshiroq"
Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi Xabibni barcha davrlar reytingida ortda qoldirdi.
"Merab Xabibdan yaxshi. Mendan nafratlanishingiz, xohlagan gapingizni aytishingiz mumkin, lekin Merabning natijalari Xabibning xizmat daftaridan yaxshiroq. Mening nohaqligimni isbotlang. Merabning rekordi yaxshiroq - bu boshqa daraja, shunchaki faktlar gapiradi. Ishonchim komilki, u hozirda UFC’ning eng yaxshi jangchisi", - dedi braziliyalik o'z podkastining navbatdagi sonida.
Malumot uchun, Merab Dvalishvili o'tgan hafta amerikalik Kori Sendxagenni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. SHunga qaramay, u vazn toifasidan qati nazar tashkilotning eng yaxshi jangchilari reytingida uchinchi o'rinda qoldi. Uni Islam Maxachev va Iliya Topuriya ortda qoldirgan.
Joriy yilda uch marta oktagonga ko'tarilgan gruziyalik yakkakurashchi dekabr oyida rossiyalik Pyotr Yanga qarshi navbatdagi chempionlik kamarini himoya qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar