So’nggi yangiliklar

17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0

26 okt 12:22
Yangiliklar

Dzyudo

Restartdan keyingi ilk musobaqa Rossiyaga ataldi

23-25 oktyabr kunlari Vengriya poytaxtida dzyudo bo'yicha Budapesht "Katta Dubulg'a" turniri bo'lib o'tdi.

Uch kun davomida dunyo dzyudo jamoatchiligining nigohi Budapesht tatamilariga qaratildi. Karantin sabab sakkiz oylik tanaffusdan so'ng o'tkazilgan ilk musobaqa kutilgan va kutilmagan natijalarga boy bo'ldi. Istaymizmi yo'q, uzoq muddatli musobaqalarsiz hayot natijalarda o'z aksini topdi. Bu holatda keskin fikr bildirish ham noo'rindek.

To'g'ri, hamma bir xil sharoitda bo'ldi deguvchilar ham topiladi. Lekin koronavirus kasalligini og'ir o'tkazgan dzyudochilar o'zlarining maksimal imkoniyatlarini namoyish eta olmadilar. Nazarimizda buni tabiiy jarayondek qabul qilish kerak.

Xususan, musobaqada 10 nafar dzyudochi bilan ishtirok etgan terma jamoamizda ham shunday holat kuzatildi. Bu murabbiylar shtabi va dzyudochilarning o'zigagina ayon. -66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sardor Nurillaev 5-o'rin hamda qimmatli 360 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. Bu "Katta Dubulg'a" turniridagi eng yaxshi natijamiz bo'ldi. Qolgan dzyudochilarimiz ham etib borgan bosqichlariga qarab malum reyting ochkolarini o'z hisoblariga yozib qo'yishdi.

Albatta, murabbiylar shtabi Vengriyadagi restart turini chuqur tahlil qilishadi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ishlash uchun fursat bo'ladi. Keyingi musobaqa bu kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati. Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkaziladigan qita chempionatiga dzyudochilarimiz xulosalarni chiqargan holda, g'alabaga chanqoq tarzda yo'l olishadi.

Endi bevosita musobaqa yakunlariga to'xtaladigan bo'lsak, Budapesht "Katta Dubulg'a" turniri rossiyalik dzyudochilarga ataldi. Rossiya terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Franciya terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, 2 ta oltin medalga ega chiqqan turkiyalik dzyudochilar kuchli uchlikka yakun yasashdi.

Kanada, Ozarbayjon, Kosovo, Xorvatiya va Sloveniya delegaciyalari 1 tadan oltin medal bilan uylariga qaytishdi. Jami 25 ta davlat dzyudochilariga kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritish nasib etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing