27 apr 14:39
Yangiliklar
Retro! Afina-2004. Sport kurashchilarimizning benefisi yoxud Salim Abduvalievning quvonch hamda hayajonli onlaridan FOTOREPORTAJ
Olimpiada vatanidagi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi 13-29 avgust kunlari oralig'ida o'tkazilib, unda sayyoramizning 201 davlatidan 10 625 atlet 28 sport turi bo'yicha 301 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borgan.
O'zbekiston terma jamoasining 69 nafar azosi Afina Olimpiadasi dasturidan o'rin olgan 14 ta sport turi bo'yicha yurtimiz sharafini himoya qilgan. Yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 201 davlat orasida 34-o'rinni egallagan.
Etiborlisi, O'zbekiston sport delegaciyasiga 5 ta medaldan 3 tasini sport kurashchilarimiz taqdim etishgan. Erkin kurashchimiz, dunyo sport kurashlari afsonasi Artur Taymazov (120 kg) va yunon-rim kurashchimiz Aleksandr Dokturishvili (-74 kg) barcha raqiblarini engib, Olimpiada chempioni bo'lishgan. Erkin kurashchimiz Magomed Ibragimov (-96 kg) esa kumush medal bilan taqdirlangan.
Suratlar muallifi - Anvar Ilyasov
Fikrlar