16 may 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Revansh bo'ladi: Uordli Daniel Dyubua bilan revansh bandini faollashtirdi
Fabio Uordli WBO chempioni Daniel Dyubuaga qarshi revansh bandidan foydalanadi.
Ular o'rtasidagi birinchi jangda Dyubua 11-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Uordli esa raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirganiga qaramay, bu muvaffaqiyatini rivojlantira olmagan edi.
Eslatib o'tamiz, Uordli Aleksandr Usik kamardan voz kechganidan keyin WBO chempioniga aylangandi. Dyubua uchun bu 2025 yil iyulida Usikdan qabul qilingan nokautli mag'lubiyatdan keyingi ilk jang bo'ldi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar