13 may 16:52
Yangiliklar
Tennis
Rim "Masters". Kasper Ruud raqibiga 4 ta geym berdi
Dunyoning to'rtinch raketkasi Kasper Ruud Rim "Masters" turnirining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Norvegiyalik tennischi 62 daqiqa davom etgan ikkinchi davra bahsida ATP reytingida 89-pog'onada borayotgan franciyalik Artur Rinderknexni 6/4, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Ruud 1 ta, Rinderknex 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Kasper Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqadi. Qozog'istonlik tennischi ikkinchi davrada amerikalik Ben SHeltondan ustun keldi - 6/4, 1/6, 6/2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar