17 may 20:13
Yangiliklar
Tennis
Rim WTA 1000. Mavsumning eng uzoq davom etgan uchrashuvi
Tennis bo'yicha Italiya Ochiq chempionatida bu yilgi WTA mavsumidagi eng uzoq cho'zilgan uchrashuv qayd etildi.
CHorak finalda dunyoning 15-raketkasi, braziliyalik Beatris Xaddad Mayya 7/6(2), 6/7(6), 3/6 hisoblarida WTA reytingida 47-pog'onada borayotgan ukrainalik Angelina Kalininga yutqazib qo'ydi.
Ushbu uchrashuv 3 soatu 41 daqiqa davom etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0. Bundan avvalgi rekord 3 soatu 32 daqiqa bo'lib, Erika Andreeva va Xerriet Dart o'rtasida AQSHning Ostin shahrida qayd etilgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar