So’nggi yangiliklar

09:05Esports World Cup. Абдусатторов - Карлсен партияси ўтказилмайди 0 08:44Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026. Бугун 7 нафар дзюдочимиз медаллар учун курашади 0 08:23Бобур Қурбонов Шоҳжаҳон Эргашев билан бир оқшомда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:02Англия кубоги, 1/2 финал. “Манчестер Сити” — “Саутгемптон” 2:1 + ВИДЕО 0 07:41World Boxing Кубоги. Икки боксчимиз финалда, учинчисида бронза! 0 07:20Berlin Millennium Team Cadet European Cup. Биринчи кун 8 та медаль, умумжамоа ҳисобида 1-ўриндамиз! 0 06:59Мария Тимофеева Швейцария турнири финалида! 0 06:38"Ал Аҳли" — кетма-кет иккинчи бор Элит Осиё чемпионлар лигаси ғолиби! 0 01:30Достон Бозоров, Фурқатбек Ёқубов ва бошқа юлдузлар иштирокидаги Mangu 2 турнири якунланди (Барча натижалар битта саҳифада) 0 01:27Достон Бозоров Mangu 2 турнирининг марказий жангида иштирок этди 0 00:53Фурқатбек Ёқубов оғир жангда африкалик рақибидан устун келди 0 00:23Жаҳонгир Жумаевнинг доғистонлик рақибига қарши жанги тўлиқ давом этди 0 23:48Шукуржон Абдураҳимов ҳиндистонлик жангчини нокаутга учратиб, мағлубиятсиз юришини давом эттирди 0 23:35Mangu 2. Акбаржон Исломбоевнинг бразилиялик спортчига қарши жанги муддатидан олдин якунланди 0 22:34Муҳаммаджон Қурбонов Бразилия вакилини биринчи раунднинг ўзида мағлуб этди 0

13 iyu 08:50
Yangiliklar

Tokio-2020

Rio-2016. Engil atletika bahslarida AQSHdan 127 nafar sportchi qatnashadi

AQSHda engil atletika bo'yicha o'tkazilgan ichki musobaqa yakunlariga ko'ra joriy yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida qatnashadigan sportchilar aniqlandi.

Braziliyaga yo'l oladigan tarkibdan 127 nafar engil atletikachi o'rin egallagan bo'lib, ulardan besh nafari amaldagi Olimpiya chempionlari, yana besh nafar esa jahon chempionlari hisoblanadi. Bundan tashqari 46 nafar sportchi turli darajadagi nufuzli xalqaro turnirlarda sovrinli o'rinlarni egallagan bo'lsalar, 84 nafar sportchi birinchi marta Olimpiya o'yinlarida qatnashadi. 

Bo'lajak Olimpiya o'yinlarining o'nkurash bahsida Eshton Iton, uzunlikka sakrash sektorida Brittni Riz, langarcho'pga tayanib sakrashda Jennifer Sur, uch xatlab sakrash musobaqasida Kristian Teylor va yugurish bahslarida Ellison Feliks chempionlik unvonlarini himoya qiladilar. 


AQSH engil atletikachilari orasida eng yoshi katta sportchi Bernart Lagat hisoblanadi. “Rio-2016” o'yinlari 41 yoshli sportchi uchun faoliyatidagi beshinchi Olimpiada bo'lib, u 5 km. masofaga yugurish bahslarida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi. O'z navbatida, 400 metr masofaga to'siqlar osha yugurish sektorida qatnashadigan Sidney Maklaflin amerikalik engil atletikachilar orasida eng yoshi hisoblanadi. Maklaflin 7 avgust kuni 17 yoshga to'ladi.

Eslatib o'tamiz, 2012 yili London (Buyuk Britaniya)da bo'lib o'tgan XXX yozgi Olimpiya o'yinlarida amerikalik engil atletikachilar 9 ta oltin, 12 ta kumush va 7 ta bronza medaliga sazovor bo'lishgan.

Malumot uchun, Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida engil atletika bo'yicha musobaqalar 12-21 avgust kunlari o'tkaziladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing