16 avg 04:50
Yangiliklar
Rio-2016. Olimpiadaning o'ninchi kunida yana bir oltin medalni qo'lga kiritdik!
04:53. O'zbekiston medal jamg'arish jadvalida 25-o'ringa ko'tarilib oldi!
04:48. Sportchimiz sharafiga O'ZBEKISTON MADHIYASI YANGRADI!!!
04:36. 237 kg! Bu rekooooord! Olimpiada rekordi! Oltin medallll! RUSLAAAN NURUTDDINOVVVV!!!!!
04:33. Ruslanning raqibi toshni ko'tara olmadi! Demak hamyurtimiz oltin medalni qo'lga kiritdi!!!
04:30. Nurutdinov 230 kg toshni ko'tara oldi! U yaqqol peshqadam! Medal bo'lishi aniq!
04:18. Efremov kuchli uchlikni tark etdi... Endi bor umid Nurutdinovdan!
04:16. Nurutdinov birinchi urinishdayoq 225 kg toshni ko'tarib peshqadam bo'lib oldi.
04:10. Efremov siltab ko'tarishda 3 urinishdan so'ng 220 kg tosh ko'tardi va umumiy hisobda 414 kg natija bilan o'z ishtirokini yakunladi. U hozircha birinchi o'rinda! Nurutdinov esa siltab ko'tarishdagi ishtirokini 225 kg dan boshlamoqchi!
03:47. Dast ko'tarishdan so'ng Ivan Efremov birinchi, Ruslan Nurutdinov esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi! Navbat siltab ko'tarish bahslariga!
03:45. Nurutdinov uchinchi urinishda 197 kg toshni ko'tara olmadi...
03:42. Efremovda ham 194 kg natija!
03:41. Ruslan 194 kg toshni ko'tardi! Juda yaxshi!
03:33. Sportchilarimiz juda yaxshi boshlashdi. Hozircha Efremov 189, Nurutdinov esa 190 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi.
03:27. Navbat og'ir atletikaga!
03:25. U katta ustunlik bilan raqibini mag'lub etdi va yarim finalga yo'llanma oldi! Barakalla Bektemir!
03:06. Hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievning chorak finaldagi jangi boshlandi.
02:00. Bir soat qoldi... Kutamiz!
01:00. Yana ikki soatdan so'ng sportchilarimizning ishtiroklari boshlanadi.
23:55. Yunon-rum kurashchimizni mag'lub etgan sportchilar finalga chiqa olishmadi, demak bizning yigitlar ham o'tish turnirlarida ishtirok eta olmaydilar.
22:25. Nasib qilsa bugun London Olimpiadasining 4 va 5-o'rinlari sohiblari Ruslan Nurutdinov va Ivan Efremovlar Rio Olimpiadasida sovrindorga aylanadilar! Taxminlar qanday? Oltin medalni kim qo'lga kiritadi, Ruslanmi yoki Ivan? :)
21:50. Endi soat 03:00da ikki nafar og'ir atletikachimiz Ivan Efremov va Ruslan Nurutdinov, shuningdek bokschimiz Bektemir Meliqo'zievlarning chiqishlari bo'lib o'tadi.
21:29. Saytimizga G'iyosovni finalga olib chiqqan jangdan fotogalereya joylashtirildi.
21:00. Bokschimiz 17 avgust kuni finalda qozoq yoki francuz bokschisiga qarshi jang qiladi.
20:50. SHAHRAM G'IYOSOV JAHON CHEMPIONINI MAG'LUB ETDI VA FINALGA YO'LLANMA OLDI!
20:38. Jang boshlandi!
20:32. Diqqat qiling! Ringga hamyurtimiz SHahram G'iyosov chiqib kelmoqda. Umid qilamizki, u bugun bizga final yo'llanmasini taqdim etadi!
20:15. Yana 15 daqiqadan so'ng SHahram G'iyosov final yo'llanmasi uchun marokashlik bokschiga qarshi ringga chiqadi.
20:00. SHahobiddin Zoirov amerikalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
19:38. Rustam Assakalov vengriyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
19:20. Afsuski, kanoechimiz Aleksey Mochalov finalga yo'llanma ola bilmadi.
19.11. Birozdan so'ng 85 kg vazndagi Assakalovning ishtirokiga guvoh bo'lamiz. Uning yarim final ostonasidagi raqibi vengriyalik kurashchi bo'ladi. SHu vaznda medal olishimizga shaxsan men ishonyapman. Sizchi? Demak, umid qilamiz va kuzatishda davom etamiz....
19.07. Mo'minjon Abdullaev rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Agar Semenov finalgacha etib borsa, kurashchimizda imkoniyat bo'ladi. SHu bois, Abdullaevga nisbatan Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi, degan iborani qo'llay olmaymiz.
19.02. Vaziyatni o'zgartirish uchun sportchimiz oldida 3 daqiqa vaqt bor. Gilamdan tashqariga chiqarib yuborsa ochko beriladi. SHu joyiga biroz qo'shilmayman. Kurashsin sportchi, agar kurashmasa, parter holatiga qo'yilsin. Vazni og'ir sportchi tabiiy holatda raqibini gilamdan chiqarib yuborib, oson ochko olishga intiladi. Bu esa halol kurash emas.
19.00. 130 kg vazn toifasida yunon-rum kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev gilamga chiqyapti. Hozircha birinchi bo'lim davom etmoqda. Mo'minjon 0:3 hisobida imkoniyatni boy beryapti.
18.48. Bu orada yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov 85 kg vazn toifasida gilamga chiqdi. U nimchorak final bosqichida amerikalik raqibi Errol Provizorni 6:3 hisobida mag'lub etdi. Endi u chorak finalda vengriyalik kurashchiga qarshi bahs olib boradi.
18.40. Gerasim Kochnev yarim final bahsida marraga uchinchi bo'lib etib keldi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ertaga u medallar uchun startga chiqadi.
18.30. Bu orada yunon-rum kurashining eng og'ir 130 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi Mo'minjon Abdullaevning raqibi malum bo'ldi. Rossiyalik Sergey Semenov qirg'izistonlik Murat Ramonovni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Abdullaev aynan Semenovga qarshi gilamga chiqadi.
18.29. Endi esa navbatni yunon-rum kurashchilar bahsiga beramiz. Bu erda hamyurtimiz Rustam Assakalov medallar uchun kurash olib boradi.
18.27. Mochalov marraga 3.34.469 natija bilan to'rtinchi o'rinda etib keldi. Demak, medallar uchun kurash davom etadi.
18.26. Aleksey bir amalladi. So'nggi 250 metrda tezlikni oshirgan hamyurtimiz kuchli beshlikdan joy ola bildi va yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
18.23. Yarim finalga chiqish uchun kuchli beshlikdan joy olish kerak. Hozircha u oxirgi o'rinda kelyapti
18.20. Baydarkachimiz Aleksey Mochalov 1000 metr masofada startga chiqdi. Bu saralash bosqichi.
18.05. Engil atletikachimiz Nigina SHaripova 200 metr masofaga o'tkazilgan saralash bahslarida ishtirok etdi. U 23.33 soniya natija bilan marraga etib keldi. Afsuski, bu natijasi unga yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi.
17. Afsuski, hamyurtimiz 200 metr masofada o'tkazilgan sprint bahslarida omadsizlikka uchradi. U marraga so'nggi bo'lib etib keldi va shu tariqa ishtirokini yakunladi.
17.56. U amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. O'tgan yili aynan qita chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok sabab Rio Olimpiadasiga yo'llanma olgan.
17.55. Olga Umaralieva startga tayyor. Unga omad tilaymiz.
17.50. Yana bir bor eslatib o'tamiz, bugun O'zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar oshishi kutilmoqda. Og'ir atletika musobaqasida jahon chempioni, jahon rekordchisi Ruslan Nuriddinovga katta umid bog'laganmiz. Uning asosiy raqibi qozog'istonlik Ilya Ilin Rioga kelmagan. U taqiqlangan modda istemol qilgani sabab Olimpiadadan chetlatilgan. SHuningdek, Ruslan bilan birga Ivan Efremov ham og'ir vaznda supachaga chiqadi.
17.48. Birozdan so'ng hamyurtimiz Olga Umaralieva startga chiqadi. Unga omad tilaymiz. Olimpiada yo'llanmasini u o'tgan yili Osiyo chempionatida qo'lga kiritgandi.
17.46. Polsha, Kanada, Sloveniya va Qozog'iston terma jamoasi vakilalari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
17.44. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha bahslar davom etmoqda. Ayni kez baydarkachilarning 200 metrga sprint bahslari o'tkazilyapti.
17.30. Bugun asosiy umidimiz boks va yunon-rum kurashida ishtirok etadigan sportchilarimizdan. Birozdan so'ng Rustam Assakalov yunon-rum kurashi bahslarining nimchorak final bahsida gilamga chiqadi.
17.20. Hamyurtimiz marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
17.18. Yarim finalga chiqishi uchun kuchli uchlikdan joy olishi kerak.
17.15. Hozirgina o'zbekistonlik sportchilarimizning bugungi ishtirokini kanoeda eshkak eshish sport turi vakilimiz Gerasim Kochnev boshlab berdi. U 1000 metr masofaga o'tkazilayotgan saralash bahslarida startga chiqdi.
Gerasim Kochnev - (Kanoeda eshkak eshish, saralash) - 17:08
Ruslan Qurbonov - (Engil atletika, uchxatlab sakrash, saralash) - 17:30
Nigina SHaripova - (Engil atletika, 200 metrga yugurish, saralash) - 17:35
Olga Umaralieva - (Baydarkada eshkak eshish, 200 metr, saralash) - 17:59
Rustam Assakalov - (Yunon-rum kurashi, -85 kg, 1/8 dan boshlab finalgacha) - 18:00 dan so'ng
Mo'minjon Abdullaev - (Yunon-rum kurashi, -130 kg, 1/8 dan boshlab finalgacha) - 18:00 dan so'ng
Aleksey Mochalov - (Baydarkada eshkak eshish, 1000 metr, saralash) - 18:22
SHahobiddin Zoirov - (Boks, nimchorak final) - 19:45
SHahram G'iyosov - (Boks, yarim final) - 20:30
Ivan Efremov - (Og'ir atletika, A guruhi, final) - 03:00
Ruslan Nuriddinov - (Og'ir atletika, A guruhi, final) - 03:00
Bektemir Meliqo'ziev - (Boks, chorak final) - 03:00
Nataliya Asanova - (Engil atletika, 400 metrga to'siqlar osha yugurish) - 05:30
Izoh: Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan
Barcha sportchilarimizning chiqishlarini onlayn tarzda OLAMSPORT.COM saytida kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.
Fikrlar
Barchaga omad.Kanoechilarimiz bekordan bekorga Vadim Menkovning o'rniga kelishmaganini isbotlashsin.
Niginahonga xam Otni kallasidek omad!!!
Nigish asalim sanga ishonaman!!!
Barcha yurdoshlarimni g'alaa bilan tabriklayman! Ota-onasiga, ustozlariga ming rahmat! Ruslan aka Raaahhhmaaattt!