So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

22 avg 00:15
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Engil atletika, Tokio-2020

Rio-2016 Olimpiadasining so'nggi kunida o'zbekistonlik sportchilar 4 ta medal qo'lga kiritishdi

Olimpiadaning so'nggi kunida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarning ishtiroklari haqida onlayn malumotlarni ushbu sahifa orqali bilib borishingiz mumkin bo'ldi.


00:45. Olimpiadaning yopilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.


00:10. SHu tariqa sportchilarimiz uchun Olimpiada o'yinlari yakunlandi! Hali Rio-2016 o'yinlariga atab ko'plab qiziqarli statistikalar, tahlillar, suratlar va videolarni sizlarga atab qo'yganmiz. SHunday ekan, saytimizdan uzoqlashmang! Rioda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarini sizlarga tezkorlik bilan etkazib berishda Kamoliddin Alimov, Aziz To'xtamurodov hamda Narzulla Saydullaevlar jonbozlik ko'rsatishdi. Etiboringiz uchun rahmat! Bizni kuzatishda davom eting! Ketib qolish yo'g'-a? :)


23:55. Fazliddin G'oibnazarovga oltin medal topshirilmoqda. Bugun Braziliyadagi boks zaliga yig'ilgan muxlislar ketma-ket ikki marta O'zbekiston madhiyasini tinglashadi. Mana shunga majbur qila olishdi bizning azamatlar! Rahmat sizlarga!


23:38. Bugunning o'zida 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdik. Bunaqasi bo'lmagan! Umumiy hisobda 13 ta medal! 4 ta oltin, 2 kumush, 7 bronza medallari! Qoyil! Umumiy reytingda 21-o'ringa chiqib oldik! 


23:25. Fazliddin G'oibnazarov esa... G'ALABA QOZONDI! URAAAAA!!! NAVBATDAGI OLTIN MEDAL! G'ALABA MUBORAK O'RTOQLAR!


23:15. Magomed Ibragimov bronza medali sohibi!


23:12. Jang boshlandi. Navbatdagi oltin sari olg'a, Fazliddin!


23:05. Endi bor etiborimizni Fazliddin G'oibnazarovning jangiga qaratamiz! Yana bitta oltin bo'lsa ajoyib bo'lardi!


22:55. Ayni paytda SHahobiddin Zoirovga oltin medal taqdim etildi va uning sharafiga O'zbekiston madhiyasi yangramoqda!


22:47. Bizni shuningdek Fazliddin G'oibnazarov ishtirokidagi final jangi kutib turibdi. Bu tarixiy onlar, o'rtoqlar! 


22:46. Birozdan so'ng esa yana bir kurashchimiz Magomed Ibragimov bronza medali uchun jangga chiqadi. 


22:45. Ayni paytda kurashchimiz Ihtiyor Navruzovga bronza medallari topshirilmoqda.


22:30. URAAAAA!!! ZOIROV OLTIN MEDAL SOHIBI!!!! G'ALABA MUBORAK O'RTOQLAR!


22:17. SHahobiddin Zoirovning final jangi boshlandi!


22:13. QOYIL!!!!! KURASHCHIMIZ BRONZA MEDALI SOHIBI! RAQIB SO'NGGI SONIYALARDA OCHIQ JANGDAN QOCHGANI UCHUN JARIMAGA TORTILDI. YAKUNDA ESA SO'NGGI OCHKONI QO'LGA KIRITGAN NAVRUZOV 7:7  HISOBIDAGI DURANGNI QAYD ETGAN HOLDA BRONZA MEDALINI QO'LGA KIRITDI. MONGOL ERTA XURSAND BO'LISHNI BOSHLAGANDI!


22:12. Afsuski, sportchimiz imkoniyatni boy berib qo'ydi...


22:05. Ihtiyorning bronza medali uchun jangi boshlanndi! Olg'a, Ihtiyor! Bronza yaqin!


21:56. Ihtiyor Navruzov esa mog'ulistonlik raqibi ustidan g'alaba qozonsa bronza medali sohibiga aylanishi mumkin! Omad tilaymiz sportchimizga!


21:55. Do'stlar, Magomed Ibragimov hozircha bronza medalini qo'lga kiritgani yo'q. U o'tish o'yinida g'alaba qozondi. Endi bronza medali uchun ukrainalik sportchiga qarshi jang qiladi.


21:52. Yana bitta jangdan so'ng Ihtiyor Navruzov mongoliyalik raqibi bilan bronza medali uchun jang qiladi. Kutamiz!


21:45. Qoyil! Sportchimiz 23 soniya ichida raqibi ustidan sof g'alabaga erishdi! Endi u bronza medali uchun jang qiladi!


21:43. Eslatib o'tamiz, eronlik kurashchi o'tish turnirining birinchi bosqichida polshalik raqibini mag'lubiyatga uchratgan.


21:41. Kurashchimiz jangga chiqib kelmoqda. Olg'a! Bizga medal kerak!


21:35. Magomedning jangiga oz vaqt qoldi... 5 daqiqa. Kutamiz!


21:30. Ihtiyor Navruzov bronza medali uchun jangda mog'ulistonlik sportchiga qarshi gilamga chiqadi. Ushbu jang 22:00 dan so'ng bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. SHaxobiddin Zoirovning final jangi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qoladi shekilli...


21:22. Yana bitta jangdan so'ng Ibragimovning jangi bo'ladi. Biroz cho'zilmoqda...


21:10. Yana 15 daqiqalardan so'ng Magomed Ibragimov eronlik Ali Rizo Yozdaniga qarshi gilamga chiqadi. Agar u ushbu bahsda g'alaba qozonadigan bo'lsa u bronza medali uchun ukrainalik kurashchiga qarshi jang qiladi.


21:00. Ayni paytda erkin kurashda o'tish turniri boshlandi.


20:20. Birozdan so'ng kurashchilarimiz o'z chiqishlarini boshlaydilar.


20:02. Ungacha esa erkin kurashchilarimiz bizga bronza medalini taqdim etishlari mumkin. Soat 20:45 dan boshlab erkin kurashda o'tish turniri, bronza medallari uchun janglar boshlanishi kutilmoqda. Bizning ikki sportchimiz Ihtiyor Navruzov hamda Magomed Ibragimovlar ushbu bahslarda gilamga chiqishlari lozim.


20:00. Eslatib o'tamiz, 22:15 da bokschimiz SHahobiddin Zoirov finalda rossiyalik kuchli bokschi Misha Aloyanga qarshi jang qilsa, Fazliddin G'oibnazarov Ozarbayjon nomidan Olimpiadada ishtirok etayotgan kubalik bokschi Lorenco Sotomayorning dodini berishi lozim bo'ladi)


19:40. Saytimizda birozdan so'ng final jangini o'tkazadigan Fazliddin G'oibnazarov bilan intervyu chop etildi. Olimpiadani bo'lajak chempionining fikrlari siz uchun qiziq bo'lsa, o'qib chiqishingiz mumkin :)


19:10. Magomed Ibragimovning raqibi finalga chiqdi. Endi unda bronza medali uchun kurashish imkoniyati bor. Soat 20:45 dan boshlab bugun erkin kurashda o'tish bahslari boshlanadi.


19:00. Bronza medallar uchun jang Toshkent vaqti bilan soat 21:30 dan so'ng boshlanishi rejalashtirilgan.


18:50. Afsus... Ihtiyor yarim finalda rossiyalik kurashchiga 7:18 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u kechki payt bronza medali uchun bo'ladigan jangda ishtirok etadi.


18:45. Navruzovning rossiyalik raqibiga qarshi jangi boshlandi. 


18:35. Afsuski, Ibragimov chorak finalda raqibiga 3:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi... Agar uning raqibi finalga chiqadigan bo'lsa, kurashchimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati bo'ladi..


18:32. Bu orada Andrey Petrov kutilganidek marafondagi ishtirokini yakunladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, u finishga etib bora olmadi.


18:30. Magomed Ibragimovning ozarbayjonlik sportchiga qarshi chorak finaldagi jangi boshlandi! Yana bitta yarim fina kerak! Davay, Magomed)


18:26. Marafonchimiz Andrey Petrov 15 km dan so'ng 155 nafar sportchi ichida...154-bo'lib ketmoqda...


18:20. Endi Navruzov yarim finalda rossiyalik Soslan Ramonovga qarshi gilamga chiqadi.


18:15. Kurashchimiz qiyin kechgan jangda 8:5 hisobida g'alaba qozondi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi!


18:03. Navruzovning jangi boshlandi. Yarim final sari olg'a!


17:59. Ihtiyor Navruzov ikkinchi jangini o'tkazish uchun gilamga chiqib kelmoqda.


17:55. Endi u yarim finalga chiqish uchun ozarbayjonlik sportchiga qarshi kurashadi.


1748. Magomed Ibragimov raqibini 13:0 hisobida mag'lub etdi! Yaxshi!


17:30. Yana birozdan so'ng Magomed Ibragimov nigeriyalik Soso Tamarauga qarshi kurashadi.


17:25. Endi u chorak finalda puerto-rikolik kurashchiga qarshi jang qilishi lozim.


17:15. Ihtiyor 7:7 hisobidagi durangga erishdi. So'nggi ochkoni aynan u qo'lga kiritgani uchun g'alaba aynan Navruzovga berildi.


17:02. Navruzovning jangi boshlanmoqda!


16:55. Bir necha daqiqalardan so'ng esa boshqa bir sportchimiz Ixtiyor Navruzov bahraynlik Adam Batirov bilan jang qiladi.


16:50. Endi Magomed Ibragimov taxminan bir soatlardan so'ng 1/8 finalda nigeriyalik sportchiga qarshi jang qiladi.


16:46. Ajoyib! Hamyurtimiz raqibini texnik hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Uning raqibi gilamga chiqmadi.


16:40. Jang boshlandi.


16:25. Yana oz vaqtdan so'ng erkin kurashchimiz gilamga chiqadi.


16:00. Kurash bahslari soat 16:30 dan boshlab start oladi. -97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Magomed Ibragimov bahslarga saralash bosqichidan qo'shiladi. Unga gvineya bisaulik Jonde Bedopass raqiblik qiladi. Ushbu jang taxminan 16:40 da bo'lib o'tishi kutilmoqda.


15:00. Bugun quyidagi sportchilar Olimpiadada O'zbekiston sharafini himoya qiladilar:


Magomed Ibragimov - (erkin kurash, saralashdan finalgacha) - 16:30 dan so'ng

Ihtiyor Navruzov - (erkin kurash, nimchorak finaldan finalgacha) - 17:00 dan so'ng

Andrey Petrov - (engil atletika, marafon) - 17:30

SHahobiddin Zoirov - (boks, final) - 22:15

Fazliddin G'oibnazarov - (boks, final) - 23:00



14:55. Assalomu alaykum. Olimpiadada ishtirok etadigan sportchilarimizning chiqishlaridan matnli onlayn translyaciya qilishni boshlaymiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

+5   
21 avg 23:51:28
Ajax Amsterdaam
Ураааааааааааааа!!!!
ОЛТИНЛАР,БРОНЗАЛАР МУБОРАК УЗБЕКИСТОН!!!!!!!!
ЁРВОРДИИИК!!!!
СОТОМАЙОР ПОТОМАЙОР,АЛОЯН БАЛОЯНЛАРГА КУМУШ МУБОРАК,ОЛТИН ЭСА БИЗНИКИИИИ!!!!
БУГУН ОЛИМПИАДАДА УЗБЕКИСТОН-КУНИ ДЕБ ЭЪЛОН КИЛИНСИН!!!!
+5   
21 avg 23:32:52
Фэрганец
urrrrraaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa
+5   
21 avg 23:28:34
Barca N1
Узими тийиб туромадим ейглавордим хаммаг ОЛТИН муборак
+4   
21 avg 23:38:23
AlexiS_DaN
мазза килдим, э, Оллохим, узинга шукур
+3   
21 avg 23:39:51
Hayot
Urraaaa, biz sizlarga ishongandik rahmat kattakon! Quvonchimizni cheki yo‘q !
+3   
21 avg 23:39:23
Фэрганец
bugun bizzz OLIMPIADA SO"NGIDA O'zSO'ZIMIZNI AYTDIK O"ZBEKLAR QANDAY KUCHGA EKANINI KORSATDIK HUDOGA SHUKUR OLOHGA SHUKUR
+3   
21 avg 23:37:09
AlexiS_DaN
аааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааааа ГАП ЙУК, овозим колмади.....юхуууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууууу
+3   
21 avg 23:33:58
Фэрганец
BIZ BOKSDA HAMMANI YUTDIKK 1 CHI ORINDAMIZ URAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA KUBA NI TASLIM QILDIK MEDAL JAMGARISH BOYICHA
+3   
21 avg 23:33:01
sanjar
Boks bo'yicha bizga yetadigani yo'q
+3   
21 avg 23:18:38
Jahondor
Magamed yutdi va bronza medal sohibi böldi. Tabriklaymiz.
+3   
21 avg 23:16:37
G'ayratjon
hamma boks ko'rayotgan bir paytda Ibragimov bronza medal uchun bahsda g'alaba qozonib bronza oldi. yana bir medal muborak O'ZBEKISTON!
+2   
22 avg 00:33:12
Barca N1
Медал огангаям омагангаям Рио-2016 олимпиядада катнашган спортчиларимизга РАХМАТ айникса купчилини кузидан севинч куз ешларини чикишига мажбур киган чемпионларимизга алохида РАХМАТ яшавор Узбегим углонлари
+2   
22 avg 00:03:08
Shahzodbek
BIZ HECH KIMDAN KAM BO‘MAGANMIZ , KAM EMASMIZ, KAM BO‘MEMIZ HAM
+2   
21 avg 23:32:51
sanjar
Boks bo'yicha bizga yetadigani yo'q
+2   
21 avg 23:25:38
G'ayratjon
JUDA ZO'R. OZBEKISTON BIRINCHI.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing