10 avg 12:35
Yangiliklar
Rio-2016. Sportchilarimizning kechagi ishtiroklaridan fotomaqola

Akademik eshkak eshuvchimiz SHahboz Xolmurzaev kecha yurtdoshlarimiz ichida o'z chiqishini boshlab berdi

CHorak finalda ishtirok etgan sportchimiz afsuski medallar uchun kurashdan chiqdi. Endi u 13-24 - o'rinlar uchun bo'lib o'tadigan poygada ishtirok etadi

Og'ir atletikachimiz Doston Yoqubov

Sportchimiz dast va siltab ko'tarish yakunlariga ko'ra keyingi bosqichga yo'llanma ola bilmadi

Afsus...

SHundan so'ng dzyudochimiz SHahzodbek Sobirov kurashni boshladi

Barchasi juda yaxshi boshlangandi

Fijilik sportchi ajoyib tarzda mag'lub etildi

Keyin esa kutilmaganda AQSH vakiliga imkoniyat boy berildi

SHu tariqa SHahzodbek uchun Rio Olimpiadasi yakunlandi...

Xurshid Tojiboev esa britaniyalik raqibiga qarshi ringga ko'tarildi

Barchasi juda ajoyib o'tdi

Ushbu raqibini mag'lub etgan bokschimiz endi chorak finalda braziliyalik bokschiga qarshi jang qiladi. Yana uchta g'alaba va oltin medal bizniki... Olg'a, Xurshid!
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
GettyImages hamda Anvar Ilyosov suratlaridan foydalanildi
Fikrlar