11 apr 13:17
Yangiliklar
Sport kurashlari
Rio Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov ham Tokioga boradi
Olmaotada bo'lib o'tayotgan Osiyo licenzion turnirining 97 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan eng tajribali kurashchimiz Magomed Ibragimov ham Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori avvaliga 1/4 finalda pokistonlik Muhammad Inamni 8-0, 1/2 finalda esa qirg'izistonlik Simbat Sulaymanovni 11-1 hisobida dog'da qoldirdi va to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi yo'llanmasiga ega chiqdi.
Malumot uchun, Magomed Ibragimovning Osiyo licenzion turniri oltin medaliga kechadigan final bahsidagi raqibi eronlik Muhammadhusayn Askari bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar