21 may 12:50
Yangiliklar
Tokio-2020

Rio Olimpiadasining medallari yoppasiga qaytarilyapti
Rio-2016 Olimpiya o'yinlarining medallari g'olib va sovrindorlar tomonidan tashkilotchilarga qaytarilmoqda.
Bu haqda Rio Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi matbuot xizmati tomonidan xabar qilindi. Deyarli 130 nafar Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining g'olib va sovrindorlari o'z medallarini ortga qaytarishgan.
Bunga medallarda qora dog'larning paydo bo'layotgani, zanglayotgani sabab bo'lgan. Mutasaddi xodimlar medallar Braziliya tanga ishlab chiqarish zarbxonasiga topshirilishi va tamirdan so'ng o'z egalariga qaytarilishini malum qilishdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar