04 sen 09:25
Yangiliklar
Dzyudo
Rishod Sobirovdan keyin endi Zantaraya ham o'z maktabini ochadi
Malumki, Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori Rishod Sobirov "Dinamo" sport jamiyati qoshida bolalar uchun o'z dzyudo maktabini ochgan edi.
Sobirovning sportchilik faoliyatidagi azaliy raqibi, ukrainalik Georgiy Zantaraya ham Rishodga havas qilgan holda o'z maktabini ochishga qaror qildi. 5 sentyabr kuni Kiev shahrida ushbu dzyudo maktabining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
"Bu maktabda mamlakatimizning eng mohir dzyudochilari tarbiya topishini istayman. Ularga tajribali murabbiylar dzyudo sir-asrorlarini o'rgatishadi. Mamlakat sporti taraqqiyoti uchun xissa qo'shish imkoniyati yuzaga kelganidan juda xursandman", - dedi Zantaraya.
Malumot uchun, Georgiy Zantaraya jahon va Evropa chempioni, Minskda o'tgan Evropa o'yinlari g'olibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar