06 okt 17:02
Yangiliklar
Robert Garciya Lopes nima uchun Lomachenko bilan revansh jang o'tkazishni xohlayotganini tushuntirdi
Taniqli murabbiy Robert Garciya engil vazn toifasida jahon chempioni Teofimo Lopes va Vasiliy Lomachenko o'rtasidagi muqarrar revansh haqida gapirdi. Ekspertning so'zlariga ko'ra, amerikalik bokschi ko'p pul olishni istaydi va bu faqat ukrainalikdan revansh olish evaziga amalga oshishi mumkin.
«Men Teofimo nima qilishini bilmayman. Uning "Top Rank" bilan shartnomasi bor. SHuning uchun u kompaniya taklifiga rozi bo'lishi kerak. Teofimo Lomachenkodan revansh olmoqchi emas, lekin hozir pul masalasi tufayli u majbur bo'lgandir. Lopes katta gonorar olmoqchi va bu faqat Lomachenko bilan revansh olish orqali amalga oshishi mumkin».
Mutaxassis Lomachenko - Lopes jangi haqida taxmin bildirdi
«Men Teofimoni yaxshi ko'raman, u ajoyib shaxs. Menga uning otasi yoqadi, lekin ishonamanki, revansh jangida Lomachenko Lopesni mag'lub etadi», - dedi Garciya EsNews You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar