So’nggi yangiliklar

12:02Иан Гарри: "Ирландия ва Доғистон ўртасидаги ҳисобни 1:1 кўринишига келтираман" 0 11:31UFC сунъий интеллект ёрдамида тузилган илк рейтингни эълон қилди 0 10:49Роберто Мартинес: "Ўзбекистон учун бу ерга етиб келишнинг ўзи катта байрам" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 10:19Бугун икки теннис маликамиз Уимблдон саралашидаги иштирокини бошлайди 0 09:48Алекс Перейра фаолиятини якунлаши мумкинлиги ҳақида баёнот берди 0 09:16"Бриллиант" Жоржия штатида ҳибсга олинди 0 08:47Фабио Каннаваро: "Биз фақатгина Роналдуга қарши ўйнаймаймиз" 0 07:02Mangu Лигасининг чемпионлик камари қандай бўлиши намойиш этилди (ФОТО) 0 19:07Жаско коач Рамазон Темировнинг Таиланддаги машғулотларига қўшилди (ФОТО) 0 18:40Ҳусанов? Биринчи турдан кейин энг юқори тезлик кўрсатган футболчилар аниқланди 0 18:14Волкановски: "Гэтжи билан жанг таклиф қилинса, 100 фоиз рози бўламан" 0 17:38Интернетни "портлатган" қозоғистонлик енгил атлетика гўзали: Ясмин Бегалинова ким? (мутолаа учун) 0 17:17"Кўришгунча". UFC чемпиони Ульберг Алекс Перейра билан жанг қилиш истагини билдирди 0 16:41Диогу Далот: "Ўзбекистон курашувчан ва агрессив терма жамоа экан" 0 16:12Баҳодир Жалолов ТОП-10 боксчиси билан жанг ҳақида гапирди 0

23 iyu 10:49
Yangiliklar

Futbol

Roberto Martines: "O'zbekiston uchun bu erga etib kelishning o'zi katta bayram" (to'liq matbuot anjumani)

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Kongo DRga qarshi o'yindan so'ng qattiq tanqidga uchragan kiyinish xonasidagi holat bilan bu hafta qanday kurashdingiz va ertaga Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

– Birinchidan, bu jarayonimizning bir qismi ekanligini takidlamoqchiman. Jahon chempionatida ishtirok etyapmiz va guruhda uchta o'yin bor. SHuning uchun biz uchun hech narsa o'zgarmaydi. Asosiysi – yaxshi mashg'ulot o'tkazish, o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish, keyin esa baho berish, tahlil qilish va o'zimizga nisbatan juda talabchan bo'lish. O'yindan keyin aynan shunday qildik: nimani to'g'ri qildik, qaysi jihatlarni amalga oshira olmadik, nega to'p nazorati va sifatimiz yuqori bo'lsa-da, raqib jarima maydonchasi atrofiga etarlicha etib bora olmaganimizni ko'rib chiqdik. Ko'zlangan natijaga erisha olmaganimiz uchun ichimizdagi g'azab va hafsala pir bo'lish hissini yo'qotishimiz kerak edi, lekin kiyinish xonasida barchaning diqqati joyida. Juda yaxshi ishladik va endi birinchi o'yinda o'xshamagan barcha jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Jahon chempionatidagi holat shunday. Portugaliya ham darhol maqsadlariga erishishga tayyor holda keladigan jamoa emas. Qiyinchiliklar paytida o'zimizga tanqidiy ko'z bilan qarab, o'sishimiz kerak. Qiyin vaziyatni boshdan kechirdik, ammo bunga bo'lgan munosabat jamoaga kuch berdi va bizni yanada jipslashtirdi. Qilingan mehnatni va futbolchilarning o'rnak bo'larli munosabatini yuqori baholayman. Asosiy tarkibdagi futbolchilar bilan hali gaplashmadim, shuning uchun bu haqda hozir hech narsa deya olmayman. O'zingizga malumki, futbolchilar bilan muhokama qilmagan narsalarimni omma oldida gapirishni yoqtirmayman.

– Asosiy tarkib haqida ko'p gapirmasligingizni tushundim, shuning uchun raqib haqida boshqa savol bermoqchiman. Bu jamoa ko'pincha beshta himoyachi va to'rtta yarim himoyachi bilan harakat qilib, juda kuchli himoya chizig'iga ega. Bu holat Portugaliyani birinchi o'yinga nisbatan hujumga ko'proq kuch tashlashga, yarim himoyachilarni hujumga ko'proq jalb qilishga majbur qiladimi? Bu birinchi o'yinda etishmagan jihat edi. Portugaliya bunday hujumkor chaqiriqqa hozir ko'proq tayyor deb hisoblaysizmi?

– Birinchi o'yindagi dastlabki 20 daqiqalikni juda yaxshi o'tdi deya olamiz. Menimcha, keyin nima bo'lganini tushunish muhimroq. Tanaffusgacha bo'lgan keyingi 25 daqiqada poziciya va tartib-intizom borasida oqsadik. Iqtidorimiz yuqoriligi o'z yo'liga, ammo bizda tizim va intizom bo'lishi shart. Aynan mana shu jihat etishmadi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz biroz yaxshilandi, lekin raqib ham jonlanib qoldi va o'yin hissiyotlarga boy tarzda kechdi. O'zbekiston – umuman boshqacha jamoa. To'g'ri, ularning himoyasi juda yaxshi tashkillashtirilgan va murabbiyi yirik musobaqalarda katta tajribaga ega. Ammo bu mutlaqo boshqa o'yin bo'ladi. Biz to'p bilan qanday harakat qilishimiz kerakligini, kerakli bo'sh hududlarni topish va birga-bir vaziyatlarni yaratish uchun qanday qilib taktik ustunlikka erishishimizni tushunib olishimiz muhim. Takidlash joizki, biz so'nggi 40 ta o'yinda gollar va raqib jarima maydonchasiga etib borish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega jamoamiz, yani bu bizning zaif tomonimiz emas. Biroq birinchi o'yinda bizga ikkinchi golni urishga to'sqinlik qilgan ko'plab hissiy omillar bo'ldi.

– Odatda terma jamoamiz bir qanotda to'g'ridan-to'g'ri hujumga o'tadigan vinger, boshqa qanotda esa markazroqqa o'tib o'ynaydigan vinger bilan harakat qilishini ko'rardik. Ikkita markazroqqa moyil va kombinacion o'ynaydigan vinger (masalan, Feliks va Bernardu yoki Feliks va Trinkan) bilan o'ynashning qanday kamchiligi bor deb o'ylaysiz?

– Bizda turli xil uslubdagi futbolchilar bor. Savolingizni tushundim, lekin biz qanotlarda qarama-qarshi oyoqda o'ynaydigan futbolchilardan ham foydalanamiz: o'ng qanotda Konseysau yoki Pedru Netu, chapda Rafael Leau. Nunu Mendeshdan, chiziqlar orasida esa Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Joau Feliks yoki Trinkandan foydalanishimiz mumkin. Bu muammo emas. Terma jamoamizning eng kuchli jihati va boyligi shundaki, bizda tanlov imkoniyati ko'p. O'yin holatidan, futbolchilarning sport formasidan va raqibdan kelib chiqib to'g'ri qaror qabul qilishimiz kerak. Hozirgi vaqtda yakka tartibda shug'ullangan Tomash Araujudan tashqari barcha o'yinchilar maydonga tushishga tayyor. Tomash bu o'yinni o'tkazib yuboradi, ammo keyingi bahsda safga qaytishiga umid qilyapman. Ruben Diash ham safga qaytdi. Barcha futbolchilar, xoh asosiy tarkibda, xoh zaxiradan qo'shilib jamoaga yordam berishga tayyor. So'nggi uch yarim yil ichida Portugaliya terma jamoasi aynan turli xil kombinaciyalar va taktik egiluvchanlikdan unumli foydalanib kelmoqda.

– Ruben Diash haqida gapirib o'tdingiz. Tajribali futbolchi sifatida u O'zbekistonga qarshi o'yinda maydonga tushsa, qanday tasir ko'rsatishi mumkin? Portugaliya ko'proq oldinga borishini va O'zbekiston ehtiyotkorroq o'ynashini hisobga olsak, unga ko'p ham ish tushmasligi mumkin...

– Biz o'yin qiyin va raqobatbop bo'lishini kutyapmiz, chunki O'zbekiston Kolumbiyaga qarshi o'yinda buni isbotladi. Raqibni qattiq hurmat qilamiz. Bu shunchaki o'rtoqlik o'yini emas, balki yirik musobaqadir va faqat maydondagi 11 kishi emas, balki 27 nafar futbolchimizning barchasi diqqat-etiborini jamoani kuchaytirishga qaratgan. So'nggi to'rt kun ichida futbolchilardagi ajoyib ishtiyoqni ko'rdim. Ruben Diash birinchi o'yinda maydonga tushmagan bo'lsa-da, bu jarayonda juda muhim rol o'ynadi. Bizda katta tajribaga ega olti nafar sardor bor va ular qiyin damlarda katta yordam berishadi. Eng muhimi shu. Jamoada g'azab bor edi, ammo barcha masuliyatni o'z bo'yniga oldi va tezroq o'z ustimizda ishlab, eng yuqori darajamizga chiqishga diqqatni qaratdi. Ertaga O'zbekiston, keyin Kolumbiya bilan o'ynaymiz, shundan so'nggina o'tgan uchta o'yinga baho berib, aslida qanday holatda ekanimizni ko'rib chiqamiz. Ertaga shunchaki maydonga tushib g'alaba qozonamiz deb o'ylasak, qattiq yanglishamiz.

– Futbolchilar, jurnalistlar va muxlislar o'rtasidagi muhit siz xohlagandan ko'ra biroz keskinroq ekanini sezyapsizmi? Bunga nafaqat Portugaliyaning yomon o'yini, balki Ruben Diashning bir necha kun oldingi matbuot anjumanidagi fikrlari ham sabab bo'ldimi? Bu keskin muhit Portugaliyaning jahon chempionatidagi ishtirokiga qanday tasir qilishi mumkin?

– Birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, Portugaliyaga kelgan birinchi kunimdan beri "shovqinsiz", yani bosim va muhokamalarsiz birorta ham o'yin o'tkazmadim. Biz tajribali, diqqatni jamlagan va masuliyatli jamoa ekanimizni maydonda ko'rsatganmiz. Bu – jahon chempionati, bu erda "shovqin" bo'lishi tabiiy hol. Futbolchilar uchun kim terma jamoa bilan birga ekanini va kim qarshi ekanini tushunib etish juda muhim. Kiyinish xonasidagi asosiy maqsad – masuliyatni his qilish, to'g'ri yondashuvni ko'rsatish va o'sish uchun o'zini tanqid qila olishdir. Men aynan shuni ko'ryapman. Biz diqqatimizni jamlaganmiz va avvalgidan ham kuchliroqmiz. Jamoa hozir musobaqaga kelgan paytidagidan ko'ra jipslashgan. Tashqaridagi shovqin-suronlar kiyinish xonasiga kira olmaydi, bunga kafolat beraman.

– Bu yangi vaziyat emas, qachonki tanqid bo'lsa, barcha o'qlar asosan Ronalduga qaratiladi. Gohida bu adolatsizday tuyuladi, chunki boshqa futbolchilar ham yaxshi o'ynamagan bo'ladi. Sardor bunga qanday munosabatda bo'lyapti? Uning tajribasi va ichki muhit haqida nima deya olasiz?

– U haqiqiy o'rnak bo'ladigan sardor. U juda katta tajribaga ega sardordek munosabat bildiryapti va biz uning tajribasidan unumli foydalanishimiz kerak. Bu uning oltinchi jahon chempionati. Biz 21 mavsumdan beri terma jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan inson haqida gapiryapmiz. Unda o'sishga va jamoaga yordam berishga bo'lgan ishtiyoq hali ham juda yuqori. U kiyinish xonasida barcha uchun namunadir.

– Terma jamoa sizning boshqaruvingizda Millatlar ligasida Germaniya va Ispaniyaga qarshi juda yaxshi o'yinlar o'tkazdi, lekin o'tgan hafta Kongoga qarshi o'yindagi kabi yomon o'yinlar ham bo'ldi. Bu farqni qanday tushuntirasiz? Portugaliya O'zbekistonga qarshi bahsga tayyor ekanligiga qanday kafolat berasiz?

– Eng muhimi – barqarorlik. Futbolda shunday bo'lib turadi: bazan yaxshi o'ynaysiz, bazan esa unchalik emas. Lekin bu jamoaning barqarorligini unutmaslik kerak. So'nggi 40 ta o'yinda jamg'arilgan ochkolar va urilgan gollar foizi bo'yicha terma jamoa tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichga ega jamoa haqida gapiryapmiz. Futbolchilar hurmatga loyiq. Futbol shunday, har doim ham chiroyli o'yin ko'rsatib bo'lmaydi. O'yin qovushmagan paytda mag'lub bo'lmaslik va kiyinish xonasidagi raqobatbardoshlik ruhini saqlab qolish muhim. Ertaga yangi o'yin. CHempion doim ham barcha o'yinlarda 3:0 hisobida g'alaba qozonavermaydi. 2010 yilda Ispaniya birinchi o'yinda SHveycariyaga yutqazgan, ammo yakunda jahon chempioni bo'lgan. Futbol – bu detallar va mayda jihatlardan iborat. O'ylaymanki, birinchi o'yindagi tajribadan so'ng jamoa ruhiy tomondan ancha kuchli va tayyor holatda. O'zbekiston – bizga yaxshi tanish jamoa, saralash bosqichida ularga o'xshash uslubdagi jamoalarga qarshi o'ynaganmiz. Raqibni qattiq hurmat qilamiz, ertaga diqqatimizni dastlabki 20 daqiqalikdagi yaxshi o'yinimizni butun 90 daqiqa davomida ko'rsatishga qaratamiz.

– Boya "shovqin" haqida gapirdingiz. Javobingizdan shunday tuyuldiki, bu sizni bezovta qilyapti yoki buni adolatsizlik deb hisoblayapsiz. Nega bunday munosabat bildiryapsiz?

– Yo'q, umumiy manoda bunga qarshilik qilolmaysiz. Har doim shovqin bo'ladi, ijobiy va salbiy fikrlar yangraydi. Natijaga erisha olmaganingizda tanqidlar bo'lishi tabiiy hol. Men birinchi o'yindagi durangdan keyin menga gul berishlarini kutmagandim. Biroq bazi gap-so'zlar adolatsiz va mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Ular bizning kundalik ishimizga xalaqit bermaydi, lekin aynan mana shunday qiyin damlarda haqiqiy chempion jamoalar shakllanadi. Millatlar ligasida g'olib chiqqanda maqtash oson, ammo qiyin damlarda birlashish muhimroq. Men bunga tabiiy jarayon sifatida qarayman.

– O'yindan keyingi futbolchilardagi g'azab hissi haqida gapirdingiz. SHu barcha tanqidlardan so'ng, futbolchilarda O'zbekistonga qarshi o'yinda o'zlarini ko'rsatish va nega bu musobaqa favoritlaridan biri ekanliklarini isbotlash istagi bormi?

– Men doim futbolchilarimizning o'z ishiga bo'lgan yuqori sadoqati haqida gapiraman. O'zbekistonni mag'lub etish bizning maqsadimizdir, lekin bu so'nggi kunlardagi voqealarga javob qaytarish uchun emas, balki ushbu futbolchilarning terma jamoa libosini kiyishdan faxrlanishlari va shu paytgacha qilgan mehnatlari uchundir. Biz bu erga aniq maqsadlar bilan kelganmiz. Musobaqa talablari juda yuqori: vaqt mintaqalari, parvozlar va albatta, raqiblarning kuchi. Oson o'yinlar bo'lmasligini ko'rib turibmiz. Jamoa diqqatini jamlagan va yaxshi ishlamoqda, biz so'nggi kunlarda ruhan ancha o'sdik.

– Ertaga tarkibda o'zgarishlar qilsangiz, bu Kongo bilan o'yindagi kamchiliklar tufayli bo'ladimi yoki O'zbekistonning o'yin uslubi sabablimi?

– Men yuqorida aytib o'tdim: birinchi o'yindagi dastlabki 20 daqiqalik yaxshi, undan keyingi 25 daqiqalik esa xuddi o'sha futbolchilar bilan va xuddi o'sha raqibga qarshi juda yomon o'tdi. SHuning uchun biz to'g'irlashimiz va yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Maydonga tushgan futbolchilarning harakatidan ko'nglim to'ldi. Biz har bir o'yinga raqibdan va o'z o'yinchilarimizning holatidan kelib chiqib tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Tarkibdagi o'zgarishlar birinchi o'yindagi hissiyotlarga berilib emas, balki sovuqqonlik bilan va jamoamiz maqsadiga erishishi uchun qilingan taktik yurish bo'ladi.

– O'zbekiston terma jamoasi yig'inida Fabio Kannavarodan intervyu olgandik. Portugaliya guruhdagi eng kuchli jamoa hisoblanadi. Sizda faqat himoyalanish emas, balki boshqa o'ziga xos rejalar ham bormi? O'zbekistonning zaif tomoni nimada deb o'ylaysiz?

– Ideal jamoa mavjud emas. To'pni nazorat qiladigan va hujumkor o'ynaydigan jamoalar standart vaziyatlarda yoki qarshi hujumda ochiq bo'lib qolishi mumkin. To'psiz yaxshi tashkillashtirilgan o'yin ko'rsatadigan jamoalarda esa boshqa jihatlarda muammolar bo'ladi. Fabio Kannavaroning tajribasini va o'z jamoasi bilan qilayotgan ishini qattiq hurmat qilamiz. Yirik turnirlarda katta bosim va umidlarsiz ishtirok etadigan jamoalarga qarshi o'ynash doim qiyin, chunki O'zbekiston uchun bu erga etib kelishning o'zi katta bayram. Ularni qattiq hurmat qilamiz va bizni qiyin o'yin kutayotganini tushunib turibmiz. Har qanday jamoaning kuchli va zaif tomonlari bor.

– Oldingi kungi durangdan so'ng Krishtianuning himoyachilarni chalg'itishdagi o'rnini himoya qildingiz. Uning yopiq himoyaga qarshi o'yinda qanday foydasi tegishi haqida batafsilroq gapirib bersangiz.

– Biz to'pga egalik qilishni, raqibga tezda pressing uyushtirib, to'pni qaytarib olishni xohlaydigan jamoamiz. To'p o'zingizda bo'lganda raqib yarimida xarakter va sovuqqonlik bilan harakat qilishingiz kerak. Ayniqsa, yopiq himoyaga qarshi o'ynaganda, so'nggi pallada bo'sh hududlarni ocha oladigan futbolchi kerak va Krishtianu bu borada tengsizdir. Raqamlar ham buni tasdiqlaydi. Uning o'ziga xos harakatlari orqali biz hujumning yakuniy fazasini keskinlashtira olamiz.

– Ushbu guruhning darajasi haqida fikringizni bilmoqchi edim. Kolumbiya, Kongo Demokratik Respublikasi va keyingi raqibingiz haqida nima deya olasiz?

– Jahon chempionatlarida hissiyotlar katta rol o'ynaydi. Bazi jamoalar bundan ilhomlanib, o'z imkoniyatlaridan yuqoriroq o'yin ko'rsatadi, bazilariga esa bosim va hayajon halaqit beradi. SHuning uchun raqiblar qanday holatda bo'lishini oldindan aytish qiyin. Kolumbiyaning salohiyati hammamizga malum – ularda ajoyib yakkakakurashchilar bor va murabbiy tizimni yaxshi shakllantirgan. Ular chiziqlar orasidagi masofani yaxshi saqlashadi, tranziciyalarda tezkor va standart vaziyatlarda xavfli. Umuman olganda, juda mukammal jamoa.

– Olti nafar etakchi borligini aytdingiz. Ular kimlar va jamoadagi o'rni qanday?

– Aslida etakchilarimiz undan ham ko'p. Har kungi mashg'ulot va kiyinish xonasidagi o'zini tutish orqali liderlik xususiyatini ko'rsatish mumkin. Ammo biz terma jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan olti nafar futbolchidan iborat etakchilar guruhi bilan ishlaymiz. Bular – Krishtianu Ronaldu, Bernardu Silva, Brunu Fernandesh, Ruben Diash, Ruben Nevesh va Joau Kanselu.

– Krishtianuning poziciyasi va jamoaga moslashuvi ko'p muhokama qilinmoqda. Jahon chempionatida etibor markazida bo'lgan bir paytda uni ko'proq "och" ushlab turyapsizmi yoki xotirjammi?

– U juda tajribali futbolchi va bu unga yordam beradi. U diqqatni qanday jamlash, tiklanish va mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish borasida barchamizga o'rnakdir. Bu uning oltinchi jahon chempionati. Lekin bu birinchi o'yindan keyingi umumiy umidsizlik hissini yo'qqa chiqarmaydi. Aynan shu umidsizlik hissi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun eng yaxshi turtkidir. Ertaga ilk daqiqalardan boshlab birinchi o'yindagi xatolardan xulosa chiqargan holda, yuqori darajada o'ynashga tayyor jamoani maydonda ko'rishimizga ishonaman.

– Kichik jamoalarning grandlarni hayratda qoldirishi bu ularning o'sishidan darak beradimi yoki kuchli jamoalarning pasayishidanmi?

– Menimcha, bugungi kunda bunday syurprizlar oddiy holga aylandi. Texnologiyalar tufayli har qanday jamoa, xoh u katta bo'lsin, xoh kichik, o'yinga taktik va texnik jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishi mumkin. Biz barcha ko'rsatkichlarni: tezlik, bo'sh zonalardan foydalanish, yakuniy zonaga qanday kirib borishni o'lchay olamiz. Agar o'yin bir tekis kechsa va raqib tayyorlangan reja bo'yicha o'ynasa, har qanday jamoa raqobatbardosh bo'la oladi. Bu texnologiyalarning rivojlangani va murabbiylarning o'z ustida ko'proq ishlayotganining natijasidir.

– Boshqa jamoalarning o'yinidan ilhomlanib, biror taktikani o'zlashtirib olasizmi?

– Ilhom olish uchun turnirni kuzatib o'tirish biroz kech deb o'ylayman. Bizning bunga vaqtimiz yo'q. Bizda tahlilchilar jamoasi bor va har bir qadam oldindan tayyorlangan. Eng katta malumot va ilhom manbai – bu bizning mashg'ulot maydonimizda sodir bo'layotgan jarayonlardir. Qaysi futbolchi o'zini qanchalik yaxshi his qilyapti, kimning mavsumi yaxshi o'tdi va kim tetik – shularni kuzatishimiz kerak. Boshqa o'yinlarni tomosha qilib, undan nimanidir olishga vaqtimiz yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing