19 jan 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Rolando Romero qanday holatda SHahram G'iyosov bilan jang qilishi mumkinligi aytildi
Prof boksning yarim o'rta vazn toifasida amaldagi WBA chempioni, amerikalik Rolando Romeroning navbatdagi jangi bo'yicha malumotlar berildi.
ESPN nashri muxbiri Salvador Rodriges xabariga ko'ra, WBA tashkiloti Romeroga o'zbekistonlik majburiy davogar G'iyosov bilan jangdan oldin Konor Bennga qarshi ixtiyoriy himoya jangini o'tkazishga ruxsat bergan. Benning o'zi esa Rayan Garsiya va Mario Barrios bahsi g'olibi bilan WBC kamari uchun jang qilish istagida ekani aytilmoqda.
Agar Rolando Romero Konor Benn bilan uchrashmasa, uning keyingi raqibi SHahram G'iyosov bo'lishi talab etiladi. Romero bu holatda SHahram G'iyosov bilan jang qilishdan bosh tortsa, qoidalarga asosan, chempionlik kamaridan ayriladi.

Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar