09 iyu 09:08
Yangiliklar
"Rollan Garros". Amaldagi chempion finalga yo'l oldi
Ayollar o'rtasidagi musobaqada finalchilarning nomi malum bo'ldi. Ikkinchi yarim finalda dunyoning birinchi raketkasi Iga Svyontek WTA reytingida 14-o'rinni egallab turgan braziliyalik Beatris Xaddad Mayyani 6/2, 7/6(7) hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Polshalik tennis malikasi bu bilan nafaqat finalga yo'l oldi, balki o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini ham tikladi - 1:1. Ikki soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 1 ta eys, 4 ta breykka erishdi va 4 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Etiborlisi, Iga finalgacha bosib o'tgan yo'lida raqibalariga bironta ham setni yutqazmadi. Polshalik 22 yoshli iqtidor egasi faoliyatida to'rtinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlari finaliga chiqdi. O'zi ishtirok etgan barcha finallarda g'alaba qozongan. U amaldagi "Rolan Garros" chempioni hisoblanadi. Svyontek bu safar finalda chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar