14 may 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Roman Kopilovga ham UFC 317 turniri uchun jang berildi
Raqamlangan UFC 317 turnirining kardiga yana bir jang qo'shildi.
Rossiyalik o'rta vazn toifasi UFC jangchisi Roman Kopilov kamar uchun sobiq davogar, braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Paulo Kostaga qarshi oktagonga chiqadigan bo'ldi. Bu xabarni UFC matbuot xizmati tasdiqladi. Ushbu raqamangan turnir 29 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi muhtasham "T-Mobile Arena"da bo'lib o'tadi.
UFC 317 turnirining asosiy jangida ispaniyalik Iliya Topuriya braziliyalik sobiq chempion CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang Islam Maxachev vakant qoldirgan engil vazn vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.
Malumot uchun, apomnim, Roman Kopilov MMAda 17 ta jang o'tkazgan bo'lib, 14 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar