25 iyu 10:29
Yangiliklar
Romano Vozinyaning yangi klubi nomini malum qildi
Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba malumotiga ko'ra, Kabo-Verdedan bo'lgan darvozabonning transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishilgan. Hujjatlar tez orada imzolanishi kerak. Insayderning takidlashicha, bu dam olish kunlari yuz berishi lozim, shundan so'ng Vozinya tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketadi. Darvozabonning o'zi CHilidagi faoliyatining yangi sahifasiga tayyor.
Avvalroq "Kolo-Kolo" klub prezidenti Anibal Mosaning topshirig'iga binoan 40 yoshli darvozabon bilan muzokaralar o'tkazgani xabar qilingan edi. CHili klubiga qadar futbolchiga asosiy davogar sifatida argentinalik Lionel Messi to'p suradigan AQSHning "Inter Mayami" klubi ko'rilayotgan edi.
Vozinya JCH-2026da to'rtta o'yin o'tkazib, ularning ikkitasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "SHavish" klubi bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etgan edi. Kabo-Verde terma jamoasi o'z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etdi va 1/16 finalda Argentinaga imkoniyatni boy berib (2:3), musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Fikrlar