So’nggi yangiliklar

17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0

23 sen 16:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Ronda Rouzi: "MMAga bo'lgan muhabbatimni yana topdim"

Teglar :  UFCRonda Rouzi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Ronda Rouzi yaqinda bergan intervyusida qaytishini istisno qilmadi.

Amerikalik muxlislar yana o'z kumirlarini oktagonda ko'rishlariga umid qilishlari mumkin. O'tgan hafta oxirida engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni o'g'li tug'ilganidan keyin MMA bo'yicha mashg'ulotlarini davom ettirgani haqida gapirib berdi.

"Tug'ruqdan sakkiz hafta, MMAdan tashqarida sakkiz yil, bola tug'ilgandan sakkiz oy o'tgach, bu ishga yangi muhabbat paydo bo'ldi. Birinchi videoda murabbiy Ey Jey Metyus bilan birinchi mashg'ulotim. Men hatti-harakatimdan uyalardim, orqaga dumalab ketganimdan o'zimni noqulay his qilardim. To'g'risini aytsam, chaqaloq tug'ilgandan so'ng darhol zarba berish orqali shimimni ho'llamaslikka harakat qilardim.

Ikkinchi video kecha olingan. Gilam ustida hech qachon hozirgidek tez-tez kulmagan va jilmaymagan edim. So'nggi olti oy juda ajoyib o'tdi, o'sish uchun hali juda ko'p imkoniyatlarim borligini his qilyapman. Elkamda butun dunyo yuki bo'lmasa, endi meni hech narsa to'xtata olmaydi", - deb yozdi Rouzi videoga bergan izohida.

Faoliyatining eng yuqori cho'qqisida Ronda Rouzi nafaqat UFC chempioni, balki dunyodagi eng mashhur sportchilardan biri edi. Dzyudo bo'yicha Olimpiya bronza medali sovrindori engil vaznda ketma-ket oltita jangda g'alaba qozonib, 40 soniyadan kamroq vaqt ichida uchta raqibni mag'lub etdi va UFC`ning asosiy yulduziga aylandi. Bu muvaffaqiyat unga butun dunyoga mashhurlik olib keldi, ammo MMAdagi faoliyatining ertaknamo finali bo'lmadi. 2015 yilda Rouzi Xolli Xolmga nokaut bilan yutqazib, chempionlikni yo'qotdi. Bir yillik tanaffus olgan Rouzi qaytishini Amanda Nunesdan qabul qilingan 48 soniyalik mag'lubiyat bilan "nishonladi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing