19 fev 07:03
Yangiliklar
Ronda Rouzi qaytmoqda, uning jangi rasman tasdiqlandi + FOTO
Ronda Rouzi va Jin Karano bir-biri bilan jang uchun Most Valuable Promotions banneri ostida professional faoliyatini qayta tiklayapti. Jang 16 may kuni Kaliforniyaning Inglvud shahrida bo'lib o'tadi va bloger-bokschi Jeyk Pol hammualliflik qiladigan MVP promouterlik kompaniyasi MMA bo'yicha birinchi turnirining asosiy to'qnashuviga aylanadi.
Ushbu turnirni ilgari hech qachon aralash yakkakurash janglarini namoyish etmagan Netflix striming platformasi translyaciya qiladi. Ayollar o'rtasidagi super jang -145 funt (65,8 kg) vazn toifasida besh daqiqadan besh raundga mo'ljallangan bo'lib, olti burchakli "qafas"da bo'lib o'tadi. Qolgan kard janglari tez orada elon qilinadi.
Malumot uchun, 43 yoshli Jin Karano 2009 yilda Strikeforce turnirida Kris Kiborgga birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan va o'sha chempionlik jangidan so'ng aralash yakkakurashlarni tark etgandi. 39 yoshli Ronda Rouzi esa 2016 yilda Xolli Xolm va Amanda Nunes bilan chempionlik janglarida nokautga uchrab, faoliyatini yakunlagan.

Fikrlar