23 okt 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Jeff Monson: "Olimpiada siyosiy tus oldi, boisi uni AQSH nazorat qiladi"
Asli amerikalik, hozirda Rossiya sharafini himoya qilayotgan aralash yakkakurash ustasi Jeff Monson Olimpiya harakatining siyosiylashuvi haqida gapirdi.
Sportchi AQSHning Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ)ga tasirini alohida urg'uladi.
"Olimpiada siyosiy tus oldi, boisi uni AQSH nazorat qiladi va aynan Amerika XOQga pul beradi. Agar Amerika biror narsani xohlamasa, XOQ bunga xayrixoh bo'ladi. Bu uyat va bu holatni ko'rish juda achinarli.
Afsuski, Olimpiada o'z jilosini va jilovini yo'qotib bo'ldi. Bunday tadbirni tomosha qilish yoki qo'llab-quvvatlash men uchun qiziq bo'lmay qoldi. Qolaversa, dunyoning eng yaxshi sportchilari ham yo'q. Bu esa shu qadar siyosiylashganki, ko'pchilikni begonalashtiradi ham", dedi Monson.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar