So’nggi yangiliklar

18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 0 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0

24 iyu 13:41
Yangiliklar

Sport kurashlari

Rossiya JCH-2020 mezbonligiga davogarlik qilmaydi

Rossiya mamlakati bu yilgi sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmaydi.

Bu haqida Rossiya sport kurashlari federaciyasi prezidenti Mixail Mamiashvili xabar berdi.

"Biz reja asosida ishlayapmiz, - dedi Mamiashvili. - Malumki, 2022 yilgi kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati Krasnoyarskda bo'lib o'tadi. 2021 yil esa Ufa o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Kuni kecha Birlashgan kurash dunyosi (UWW) 2020 yilgi mavsumning qolgan qismi uchun taqvim loyihasini taqdim etdi. Unga ko'ra mavsum restarti sentyabr oyiga mo'ljallanmoqda. Kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini yil so'nggida o'tkazish rejalashtirilyapti. Bunga AQSH va Eron vakillari qarshi bo'lishdi. 

O'zi aslida bu yilgi taqvimda jahon chempionati yo'q edi. Tokio Olimpiadasining bir yilga kechiktirilishi sabab jahon chempionatini o'tkazish masalasi kun tartibiga chiqdi. UWW musobaqani qabul qilish istagida bo'lgan davlatlardan arizalar taqdim etilishini kutyapti. Birinchi bo'lib bu taklifni Belarus taqdim etdi. O'tgan yili bu mamlakatda Evropa o'yinlarining o'tkazilganini inobatga olsak, u erda jaxon chempionatini yuqori saviyada tashkil etsa bo'ladi. Minskda hamma narsa tayyor. Lekin keyinroq tashkilotchi tomon katta sarf-harajatlar qilishi malum bo'lgach, Belarus tomoni o'z arizasini qaytarib oldi. 

Avgust oyida UWW bu masalaga yana qaytadi va 2020 yilning dekabr oyida jahon chempionatini o'tkazish masalasini muhokamaga qo'yadi. Albatta, bunda koronavirus sabab dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat ham inobatga olinadi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing