25 fev 12:43
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Rossiya o'z tarixida ilk bor Olimpiada chempioni bo'ldi
Bundan bir necha daqiqa avval Rossiya terma jamoasi Pxyonchxan Olimpiadasining xokkey musobaqasi chempioniga aylangandi.
Bu bilan rossiyalik xokkeychilar o'z tarixlarida ilk bor Olimpiadaning oltin medalini qo'lga kiritishdi. Bundan 20 yil avval Rossiya terma jamoasi mustaqil davlat sifatda ilk bor Olimpiadada ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo'lgandi.
O'shanda ular final uchrashuvida CHexiya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Rossiya terma jamoasi 2002 yilda Solt-Leyk Siti Olimpiadasida bronza medaliga ega chiqqandi. O'shandan beri rossiyalik xokkeychilar Olimpiadada medalsiz qolib kelishayotgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar