02 may 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi JCH qurasiga munosabat bildirdi
Boks bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Farxutdinov Toshkentda boshlangan jahon chempionati qurasi haqida gapirdi.
"Umuman olganda, qura biz uchun yomon kelmadi. Aksariyat bokschilarimiz chempionlik yo'lida 6 ta jang o'tkazishga majbur bo'ladilar. Medallarga yaqin yigitlarimizning ishlari ijobiy bo'lishi kerak. Terma jamoa tarkibi o'tgan yilgi Rossiya chempionati g'oliblaridan shakllantirilgan. Ularning hammasi shohsupaga ko'tarilishga haqli. Faqat buni amalda isbotlash kerak. Jahon chempionati oson janglar bo'lmaydi. Bu erda dunyoning eng kuchlilari jam bo'lgan. Toshkent arenasida imkon qadar ko'proq Rossiya madhiyasi yangrashi uchun harakat qilamiz", — dedi Farxutdinov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar