14 may 16:09
Yangiliklar
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi koronavirusdan vafot etdi
67 yoshli Aliomarov bir necha kundan beri Dog'istondagi shifoxonalarning birida davolanayotgan edi. So'nggi kunlarda esa uni suniy nafas oldirish moslamasiga ulab qo'yishgandi.
Malumot uchun, Magomed Aliomarov o'tgan yilning fevral oyida Rossiya terma jamoasi bosh murabbiylik lavozimida Yuriy SHaxmuradovning o'rnini egallagandi. Uning qo'l ostidagi Rossiya ayollar terma jamoasi 2019 yili Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etgan edi. Musobaqada Aliomarov shogirdlari 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgandi.
SHu yilning fevralida Italiyaning Rim shahrida o'tgan Evropa chempionatida esa rossiyalik kurashchi qizlar 4 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishgan edi. Rossiyaliklar safida Olga Xoroshavceva, Xanum Velieva, Ekaterina Bukina va Natalya Vorobeva shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishgandi.
Fikrlar