So’nggi yangiliklar

20:25Гейбл Стивсон UFC'даги кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказиши маълум 0 19:58Мексика Мустақиллигига бағишланган UFC турнирининг марказий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:33Крикетчиларимизга замонавий спорт анжомлари топширилди + ФОТО 0 19:05Фабио Каннаваро: "Терма жамоани ёшартириш ишларини олиб борамиз" 0 18:12Али Абдель-Азиз Махачев — Гарри жанги бўйича қатъий тахмин билдирди 0 17:30Расман! Octagon League Тошкентдаги кейинги турнири ва унинг марказий жангини эълон қилди (ПОСТЕР) 0 16:59Чимаев, Темиров, Волкановски ва бошқалар. UFC 333 турнирида кимлар жанг қилиши мумкин? 0 16:21Каннаваро: "Жудаям кучли топ терма жамоа билан музокара олиб боряпмиз" 0 15:40Canadian Open. Винус Уильямсдан ўтган Камилла Рахимова дунёнинг 36-ракеткасини ҳам таслим этди 0 15:07Богдан Гусков Ян Блаховични нокаутга учратган спортчини жангга чорлади 0 14:33"У етарлича иш қилди". Махачев UFC чемпиони фаолиятини якунлаши кераклиги ҳақида гапирди 0 13:00Инфантинонинг ўрнини эгаллаши мумкин бўлган беш асосий номзод айтилди. Улар орасида икки осиёлик ҳам бор! 0 12:24Брок Леснар фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 11:57Мураббий Ислам Махачевнинг яна неча йил жанг қилиши мумкинлигини айтди 0 11:23Итаума — Хргович жанги ғолибини нима кутаётгани айтилди 0

22 mar 18:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Rossiyada Qozog'iston va O'zbekiston bokschilari raqobati tahlil qilindi

Rossiya boks federaciyasi murabbiylar kengashi raisi Eduard Kravcov Qozog'iston va O'zbekiston havaskor boksidagi raqobat haqida gapirdi.

O'zbek bokschilari Parij Olimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan keyin jahon havaskor boksidagi etakchiligini yana bir bor amalda tasdiqlagandi. Hasanboy Do'smatov (-51 kg), Abdumalik Halokov (57 kg), Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (71 kg), Lazizbek Mullajonov (92 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) Olimpiada chempioni bo'lgan edi. Qozog'istonlik bokschilar orasida faqat Nurbek Oralbay 80 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida kumush medalni qo'lga kiritgandi.

"O'zbekistonga kelsak, albatta, Olimpiadada 5 ta oltin medal qo'lga kiritilgani eng katta yutuq. Ammo nozik tomonlari ham bor. Birinchidan, Parij Olimpiadasi rossiyalik bokschilar ishtirokisiz o'tkazildi. Nima bo'lganda ham, ular yuqori o'rinlar uchun kurashda raqobatlashadigan dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri.

Ikkinchisi, agar vazn bo'yicha oladigan bo'lsak, aytaylik, Hasanboy Do'smatov - u 51 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasidagi Olimpiya turnirining chorak finalida qozog'istonlik Saken Bibosinovga qarshi yaqin jang o'tkazdi, bu holatda g'alabani u tomonga ham, bu tomonga ham berish mumkin edi.

Abdumalik Xalokov (57 kg) turnirni yaqqol ustunlik bilan o'tkazdi va uning ishtiroki bo'yicha deyarli savollar bo'lmadi. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev uchta jangda 3:2 hisobida zafar quchdi. 92 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida ishtirok etgan Lazizbek Mullajonov haqida ham shunday deyish mumkin.

Bu muvaffaqiyat nafaqat o'zbekistonlik bokschilar, balki murabbiylar, O'zbekiston boks federaciyasining barcha rahbarlari mehnati deb aytgan bo'lardim.

O'ylaymanki, biz 2028 yilda Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlarida bunga o'xshash narsani ko'rmaymiz. Boshqa raqobatchi davlatlar qo'shiladi, amerikaliklar uy Olimpiadasida yaxshi ishtirok etish uchun juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishadi.

Ha, o'zbeklarda yaxshi avlod voyaga etmoqda. Ular jahon boksining etakchilaridan biri, ammo Qozog'iston va Rossiya ulardan uzoqda emas, qaerdadir yonma-yon va bu mamlakatlarning har biri bugun ikkinchi, ertaga esa birinchi bo'lishi mumkin", - dedi Eduard Kravcov.

Eslatib o'tamiz, 2025 yilda Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi raqobat yirik turnirlarda ham davom etdi. Masalan, Liverpulda bo'lib o'tgan boks bo'yicha jahon chempionatida Qozog'iston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi - 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza.

O'zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza bilan ikkinchi o'rinni bo'ldi. Ayni paytda Qozog'iston va O'zbekiston terma jamoalari qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda. SHu yil 19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo'lib o'tadigan yozgi Osiyo o'yinlari ular uchun bu yilgi asosiy start bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing