02 avg 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik Arslanbek Mahmudovning keyingi jangi rasman elon qilindi (POSTER)
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi super og'ir vazn toifasidagi jangni elon qildi.
Malum bo'lishicha, tashkilot bilan hamkorlik qiluvchi britaniyalik prof bokschi Devid Allen (24-7-2, 19 KO) 11 oktyabr kuni rossiyalik Arslanbek Mahmudov (20-2, 19 KO) bilan jang qiladi.
Bellashuv Buyuk Britaniyaning SHeffild shahrida bo'lib o'tadi.
33 yoshli Allen oxirgi marta shu yilning may oyida Jonni Fisherga qarshi jang o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongandi. 36 yashar Mahmudov esa iyun oyida Rikardo Braunni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar