07 apr 07:05
Yangiliklar

Rossiyalik boks blogeri Bahodir Jalolovning jangi bo'yicha keskin fikr bildirdi
"Ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni Bahodir Jalolovning professional boksdagi jangini tomosha qildim. Dahshat!
Sof havaskor uslub — ringda aylanadi va uzoqdan ikki qo'li bilan kombinacion zarbalar yoki sust zarba beradi. U vazn o'lchash vaqtida Qozog'istonga hali kelmagan raqibiga osilib qolgan holda jangni yakunladi. Ular shunchaki mashg'ulotlar yig'inisiz, iqlimga moslashmagan sayohatchini olib kelishdi va u Olimpiya chempionini hansiratib qo'ydi, chunki u sakramadi, balki blokda bosdi.
Aytgancha, raqibning vazni 135 kg, bo'yi 190 sm edi. O'ylaymanki, siz uning qanday yirik yigit ekanini tushundingiz. Men Jalolovda istiqbol ko'rmayapman. U Amerikada yaxshi murabbiy topib, o'z uslubini tiklash o'rniga havaskor boksda qoldi", deb yozgan muallif.
Fikrlar