14 apr 15:48
Yangiliklar
Rossiyalik kurashchilarni Olimpiadaga qo'ymaslik talab qilinmoqda
Ukrainaliklar XOQdan bir qator Rossiya va Belarus kurashchilarini Parij-2024 Olimpiadasidan chetlatishni so'ramoqda. Tashkilotga yo'llangan talabnoma Ukraina olimpiya qo'mitasi rasmiy saytiga ham joylashtirildi. Maktubga mamlakatning ko'plab sport tizimlari rahbarlari imzo chekkan. Unda aksariyat Rossiya va belaruslik kurashchilar neytrallik talabini bajarmagani aytilmoqda. Qora ro'yxatdagilar orasida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Zaurbek Sidakov va olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Artur Nayfonov ham bor.
"Gap Vanessa Kaladinskaya, Zaurbek Sidakov, Zaur Uguev, Milad Alirzaev, Sergey Semyonov, Nadejda Sokolova, Alina Kasabieva, Xanum Velieva, Natalya Malisheva va Artur Nayfonovlar haqida ketmoqda", — deyiladi XOQqa yozilgan talabnomada.
Malumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasi 26 iyul - 11 avgust kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.
Fikrlar