29 apr 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyalik mag'lubiyati yo'q bokschi doping sabab 6 yilga diskvalifikaciya qilindi
Hardcore FC ligasi bokschisi Soslan Asbarov antidoping qoidalarini buzgani uchun olti yilga diskvalifikaciya qilindi.
Bu haqda Metaratings agentligi xabar bermoqda.
"Soslan Asbarov antidoping qoidalarini buzgani uchun olti yilga diskvalifikaciya qilindi. Uning Aleksey Papinga qarshi jangda qayd etgan natijasi bekor qilindi. Asbarov sud jarayonida namunada aniqlangan taqiqlangan moddalardan foydalanmaganini aytdi", deyiladi agentlik xabarida.
Asbarov 31 yoshda, u professional boksda mag'lubiyatga uchramagan - beshta g'alaba (bittasi nokaut). Havaskor faoliyati davomida esa 200 dan ortiq janglarda ringga ko'tarilgan.
Havola :
Manba : Metaratings.ru
Fikrlar