28 iyu 16:05
Yangiliklar
Rossiyalik mashhur sportchi O'zbekiston pasportini olib ulgurdi. U yurtimiz sharafini himoya qiladi
"Match TV" nashrining malum qilishicha, sportchi allaqachon O'zbekiston pasportini olgan. U bundan buyon terma jamoamiz safida harakat qiladi.
Manbaning xabariga ko'ra, 29 yoshli Semerikov o'z qarori bilan Rossiya konkida yuguruvchilar Ittifoqini xabardor qilgan.
Malumot uchun, Danila Semerikov konkida yugurish bo'yicha jahon chempionatlarida to'rt marotaba bronza medalini qo'lga kiritgan. 29 yoshli sportchi Evropa chempionatida ham ikkita kumush va bitta bronza medaliga ega chiqqan. U Rossiyada konki yugurish sport turining mashhur vakillaridan hisoblanadi.
Avvalroq, figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigirevning ham O'zbekiston terma jamoasi safiga o'tishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar