17 jan 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik sobiq Bellator chempioni UFC'ga o'tishi mumkin
Yarimo'rta vazn toifasida sobiq Bellator kamari sohibi Andrey Koreshkov yaqin orada UFC bilan kelishuvga erishishi mumkin.
Bu haqida jangchining o'zi malum qildi.
«Navbatdagi jangimni g'alaba qozonishim kerak va keyin nima bo'lishi ayon bo'ladi. Birinchi navbatda Bellator bilan belgilangan so'nggi jangimni o'tkazib olishim kerak. Keyingi maqsad UFC'da jang qilish. Menimcha, men UFC'ning TOP 10 jangchilariga qarshi bemalol raqobat qila olaman»,-dedi Koreshkov.
Malumot uchun, Koreshkov navbatdagi jangini 19 fevral kuni Muhammad Berxamovga qarshi o'tkazadi. Bu uning Bellator'dagi shartnomasi bo'yicha so'nggi jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar