So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

12 okt 19:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Rossiyalik taniqli bloger "Zolotaryov xotira turniri", O'zbekistonning Osiyo chempionatidagi ishtiroki va kubalik murabbiylar haqida

Teglar :  neKARAte
Bir necha kun oldin YouTube'dagi mashhur "NeKarate" kanali muallifi Stanislav Sokolov O'zbekistonda bo'ldi.

U yurtimizga safari davomida Andijonda o'tkazilgan V.A.Zolotaryov xotira turnirini ham kuzatishga ulgurdi. Biz taniqli blogerning yurtimizga kelganidan foydalanib, u bilan qisqa suhbat uyushtirdik. 

- Andijondagi V.A.Zolotaryov xotira turnirida taassurotlaringiz qanday? 

- Taassurotlarim albatta yoqimli, turnirda tashkilotchilik yaxshi darajada bo'ldi. Andijonda birinchi marotaba bo'ldim. Ajoyib shahar ekan, odamlari ham samimiy. Bilasizmi, boks agressiv sport turi ekanligiga qaramay, turnirdagi hissiyotlar ajoyib bo'ldi. Barcha ajoyib kayfiyatda, bir-birini yomon ko'rish, janjallashish yo'q. Barchasi yoqimli bo'ldi. Musobaqada birinchi raqamli bokschilar ko'p bo'ldi deya olmayman, ammo Respublikaning turli hududlaridan yigitlar qatnashishdi. Turnir menga yoqdi. Kelasi yili ham ushbu turnirga kelmoqchiman. Ananaviy Zolotaryov xotira turniriga kelishni men ham o'zim uchun ananaga aylantirmoqchiman. Ushbu musobaqaga hurmat va qiziqish oshib bormoqda. SHuning uchun kelasi yili ham kelishga harakat qilaman. 


- Qaysi bokschilarning janglari yoqdi?

- Men boshqalardan ajralib turgan ikki nafar bokschini qayd etishim mumkin. Abdumalik Xalakov va Hasanboy Do'smatov. Yana ko'plab ajoyib, bir-biriga yaqin janglar bo'ldi. SHiddatli kurashlar guvohiga aylandik. Men uchun albatta Do'smatovni kuzatish qiziq bo'ldi. SHuningdek noodatiy usulga ega bo'lgan Abdumalikni qiziqish bilan kuzatdim. Uslub tomondan u juda qiziqarli. 


- Turnir kashfiyoti sifatida qaysi bokschini ko'rsata olasiz? 

- Bu bo'yicha aniq javob bera olmayman. Bunaqasi bo'lmadi. Bungacha kimni kuzatgan bo'lsam, turnir davomida ham ularni kuzatib bordim. Aynan kimnidir kashfiyot sifatida ko'rsata olmayman. daraja yaxshi bo'ldi, ammo yulduz porlab chiqqani yo'q. Balki yangi yulduzlarni Osiyo chempionatida ko'rarmiz. 


- Bo'lajak Osiyo chempionatidan nimalarni kutyapsiz? Biz musobaqaga yangilangan murabbiylar shtabi bilan boramiz...

- Osiyo chempionati masalasida gapirsam, Iordaniyadagi nufuzli musobaqaga ham oz vaqt qolmoqda. Ko'plab yaxshi janglar, raqobatli janglarni kuzatmoqchiman. O'zbekistonni, ularning asosiy raqiblari Qozog'istonni tomosha qilmoqchiman. Ayniqsa, derbini kuzatish qiziq bo'ladi. Jarohatlarsiz, toza va aqlli boksni kutyapman. Urushlar, nizolar kam bo'lishini istayman. Darajani ko'rishni xohlayman. Har qanday holatda ham ko'plab janglarni tomosha qilamiz va muhokama qilamiz. Yigitlar kuchli, yaxshi tayyorgarlikka ega. Ular bejizga shug'ullanib yurganlari yo'q. Terma jamoada kubalik murabbiylar ham ish olib borishmoqda. Ular kelganidan keyingi o'zgarishlar qanday bo'lishi ham qiziq. Kubalik mutaxassislar terma jamoaga qanday tasir qilishini ko'rish biz uchun qiziqarli bo'ladi.


 Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing