26 fev 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik UFC jangchilarga tezroq Londonga uchib kelish tavsiya qilindi. Nega?
19 mart sanasida oktagonga ko'tarilishi kerak bo'lgan rossiyalik UFC jangchilari mamlakatga kirishda muammolar yuzaga kelmasligi uchun Londonga oldindan uchib kelishlari tavsiya etildi.
UFC Fight Night turniri doirasida besh nafar rossiyalik jangchi: Aleksandr Volkov, Nikita Krilov, Sergey Pavlovich, SHamil Abduraximov va Timur Valiev o'z janglarini o'tkazishi rejalashtirilgan. "Match TV" menejeri Kirill Timofeev agar jangchilar ushbu imkoniyatdan foydalanishsa, UFC ularning xarajatlarini to'liq qoplab berishini aytdi.
Yana bir manba xabarni tasdiqladi, ammo izoh berishdan bosh tortdi.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar