17 sen 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik UFC jangchisida koronavirus tasdiqlandi
Rossiyalik engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Yana Kunickaya koronavirusga chalindi.
Bu haqida sportchining o'zi Instagram sahifasida xabar berdi. Yana 9 avgust kuni latviyalik Yuliya Stolyarenkoni uch raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Kunickayaning MMAdagi natijasi 13 g'alaba va 5 mag'lubiyat.
Avvalroq, Yana Kunickayaning "boy frendi" Tyago Santosda ham koronavirus aniqlangan edi. Aynan shu sabab bilan Santosning Glover Teysheyraga qarshi jangi bekor qilingandi. Santos - Teysheyra jangi ikkinchi bor bekor qilingan. 12 sentyabr kungi jang oldidan Teysheyraning ham koronavirusga topshirgan test tahlili ijobiy chiqqandi.
Havola :
Fikrlar