24 dek 19:09
Yangiliklar

Roy Jons: "Usik Alvaresni osongina mag'lub etadi"
"Usikda Kanelo bilan jang qilish uchun og'ir vaznga tushishga sabablar yo'q. Menimcha, Usik Alvaresni osongina mag'lub etadi.
Usik — superog'ir vazn toifasida jahon chempioni. U dunyoning eng og'ir vazn toifasida jahon chempioni bo'lsa, nima uchun og'ir vaznga tushishi kerak? CHad Douson Andre Uord bilan jang qilish uchun engil vaznga o'tganida nima bo'lganini ko'ring. Bu uning karerasini tugatdi. Tayson Fyuri, Deontey Uaylder bor ekan, nega u bunday yo'l tutsin? Yana unda Entoni Joshua bilan jang qilish imkoni ham bor. Uning vazn toifasida kuchli raqiblar ko'p", — dedi Jons "Boxing News 24" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Usik Joshua ustidan qozonilgan ishonchli g'alabadan so'ng WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlarida jahon chempioni nomiga sazovor bo'ldi. SHundan so'ng, Joshua shartnomadagi revansh bandini faollashtirib, chempionlik kamarlarini qaytarib olish uchun harakat qila boshladi. Dastlabki malumotlarga ko'ra, Usik va Joshua o'rtasidagi ikkinchi jang 2022 yilning fevral mart oylarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar