04 avg 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Roy Jonsning shogirdi Bektemir Meliqo'zievni yana jangga chorladi
Supero'rta vazn toifasida amerikalik professional bokschi Ien Grin hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev bilan jang qilish fikrini bildirdi.
"Keling, bu jangni tashkil qilamiz. U bir gal amalga oshmay qolgan edi. Keling, ishni oxiriga etkazib, shartnomani imzolaymiz", deb yozgan Grin o'zining Instagram'dagi sahifasiga.
Malumot uchun, 32 yoshli Ien Grin faoliyati davomida 22 ta jang o'tkazib, 20 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar Bektemir Meliqo'ziev hisobida esa 17 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar