So’nggi yangiliklar

00:14Муҳаммадзоҳид Суяров — Grenke Chess Open 2026 чемпионига айланди! 0 19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0 17:17Дана Уайт UFC жангчилари шартномалари бўйича музокаралардан четлашганини айтди 0 16:52UFC чемпиони Том Аспиналл енгил машғулотларни бошлаганини айтди 0 16:30Хосе Мария Мендес: "Ўзбекистон футзалидаги яна бир янги саҳифани бошлашдан хурсандман" 0 16:01"Энди бу билан шуғулланишни истамайман" - Чисора фаолиятини якунлаганини тасдиқлади 0 15:39Арман Царукян Махачев — Топурия эҳтимолий жангининг ғолибини айтди 0 15:16Расман! Достон Бозоров Mangu 2 турнирида жанг қилади. Рақиб ҳам маълум (ПОСТЕР) 0 14:55Валерий Кечинов: "Жаҳон чемпионатида Ўзбекистонга қарши ўйнаш ҳеч кимга, ҳатто Португалияга ҳам осон бўлмайди" 0 14:34Маҳмуд Мурадов ўзининг янги Лигасига асос солди 0 14:13Камшибек Конкабаев проф фаолиятини янги босқичга кўтариш учун Лондонга келди (ФОТО) 0

24 iyu 11:17
Yangiliklar

Taekvondo

RSTIAM mutaxassislari taekvondochilarimizning salomatligini ko'zdan kechirishdi

Teglar :  TaekvondoRSTIAM
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Konya-2021 V Islom birdamligi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolarining jismoniy-fiziologik holati, ovqatlanishi va og'ir yuklamalardan so'ng sportchilar organizmida yuz berayotgan o'zgarishlarni o'rganish maqsadida Angren shahrida joylashgan sport bazasiga tashrif buyurdilar.

Markazning sport federaciyalari bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari Sunnatilla Yulchiev boshchiligidagi mutaxassislar terma jamoamiz bosh murabbiyi Pavel Xan bilan uchrashib, tayyorgarlik jarayonlari qanday kechayotgani va sportchilarning jismoniy holati bilan bog'liq masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Dietolog shifokor Antoniy Malkov esa Yangioboddagi sport bazasining oshxonasidagi holatni o'rganib, sportchilarning ovqatlanish racioni bilan bog'liq tavsiyalarini berdi.

SHundan so'ng, shifokorlar Pavel Xan hamrohligida sportchilar bilan shaxsan uchrashib, mashg'ulot jarayoni va ularning jismoniy holatlari yuzasidan suhbat o'tkazishdi.

Yakunda bosh murabbiy bilan maslahatlashgan holda taekvondo bo'yicha milliy terma jamoa azolarini 25 iyul sanasida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o'tkazish kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing