16 apr 13:17
Yangiliklar
Tennis
Rublyov ikkinchi bor Monte-Carlo Masters finalida o'ynaydi
Tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Andrey Rublyov yarim finalda ATP reytingida roppa-rosa 10-o'rinni egallab turgan amerikalik Teylor Fritcni 5/7, 6/1, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Andrey tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni minimal darajada qisqartirishga muvaffaq bo'ldi - 3:4. Ikki soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 2, Fritc 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Yomg'ir sabab uchrashuv 2 soatga to'xtatildi.
Malumot uchun, Andrey Rublyov faoliyatida ikkinchi bor Monte-Karlo "Masters" turniri finaliga yo'l oldi. 2021 yilgi final bahsida u greciyalik Stefanos Cicipasga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar