31 avg 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

"Rus Ronda"si UFC bilan shartnoma imzoladi
Rossiyalik Ronda nomi bilan atalayotgan Irina Alekseeva UFC promousheni bilan shartnoma imzoladi.
Engil vazn toifasi vakilasi bir muddat avval kutilmaganda Bellator promoushenidan haydalgan edi. Vaholanki, u ligadagi debyut jangidayoq g'alaba qozongandi. 32 yoshli Alekseeva MMAda jami 5 ta jang o'tkazgan bo'lib, 4 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
Irina so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Moskva shahrida tashkil etilgan Bellator 269 turnirida Stefani Lilo Peyjga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi dzyudo va sambo bo'yicha Rossiya chempionatlari g'olib hamda sovrindori, samboda Evropa chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar