06 jan 18:45
Yangiliklar
Ruslan Abdullaev bo'lajak jangi oldidan AQSHga yo'l oldi (FOTO)
23 yashar charm qo'lqop ustasi 17 yanvar tongida AQSHning Kaliforniya shtati, Palm-Dezert shahrida tashkil etiladigan Golden Boy prof boks oqshomida jang qilishi haqida xabar berilgandi. Abdullaevga kim raqib bo'lishi hamon nomalum.
Bugun Ruslan jangiga so'nggi tayyorgarlik bosqichini olib borish maqsadida Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketdi.

Ruslan Abdullaev 2023 yilda -63,5 kg vazn toifasida jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo'lgan. U professional ringdagi debyutini shu yilning mart oyida o'tkazib, ikkinchi raundda Xose Alvarado (3-19-1, 2KO)ni nokautga uchratgandi. Ushbu mag'lubiyat Alvarado faoliyatidagi ilk muddatidan oldingi mag'lubiyat bo'lgan edi.
Yurtdoshimiz professional boksdagi ikkinchi jangida Jino Rodrigo (13-4-2, 11KO)ni bir ovozdan (barcha hakamlik yozuvlarida 80-71) mag'lub etgan bo'lsa, uchinchi jangida Kevin Jonson (12-7, 8KO)dan ham hakamlarning yakdil qarori bilan (80-72, 79-73, 79-73) ustun kelgandi.
Fikrlar