15 may 20:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruslan Abdullaev chempionatdagi eng qiyin jangi haqida gapirdi. Bu final emas!
Ruslan Abdullaev jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritganidan so'ng qisqa intervyu berdi.
"Allohga shukur, jahon chempioni bo'ldim. Hammaga katta rahmat aytaman. Keyingi maqsadim Olimpiada chempioni bo'lish. Murabbiylarim aytgan taktikada ishladim va jangdan ko'nglim to'ldi.
CHinzorigga qarshi taktikamiz - uni yaqin masofada ushlab jang qilish edi. Lekin bu taktikani 100 foiz qo'llay olmadim. CHunki raqib ham juda kuchli bokschi. Qo'lim ko'tarilgandagi hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman. Meni duo qilib turganlari uchun onamga rahmat.
CHempionatdagi eng qiyin jang - yarim finaldagi armanistonlik Ovannes Bachkov bilan bo'ldi", - dedi Abdullaev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar